Daryo

Emilian Karas Chempionlar Ligasida “Paxtakor” bosh murabbiyi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

U o‘yin qaydnomalari, matbuot anjumanlari hamda Chempionlar Ligasi doirasidagi barcha rasmiy uchrashuv va muloqotlarda toshkentliklar bosh murabbiyi sifatida qatnashadi.

1 daqiqa o‘qish4 988 ko‘rishlar0 izoh3

Osiya Futbol Konfederatsiyasining (OFK) klublar musobaqalari bo‘yicha litsenziyalash talablari sababli, zaruriy litsenziyaga ega bo‘lgan Emilian Karas OChL doirasidagi rasmiy tadbirlarda “Paxtakor” bosh murabbiyi sifatida ishtirok etadi.

U o‘yin qaydnomalari, matbuot anjumanlari hamda Chempionlar Ligasi doirasidagi barcha rasmiy uchrashuv va muloqotlarda toshkentliklar bosh murabbiyi sifatida qatnashadi.

Ma’lumot uchun, Karas 2000-yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan. Dastlab Moldovaning “Dachiya” klubida o‘ynovchi murabbiy va yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan, 2004—2008-yillarda esa jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Uning boshchiligida “Dachiya” Moldova chempionatining kumush hamda bronza medallarini qo‘lga kiritgan, shuningdek, mamlakat kubogi finaligacha yetib borgan. 2006-yilda Karas Moldovada “Yil murabbiyi” deb e’tirof etilgan.

Keyinchalik u “Tiraspol” hamda “Olimpiya” (Belsi) jamoalarida ishladi. 2009-yilning avgustidan Vladikavkazning “Alaniya” klubida Mircha Rednik shtabida yordamchi va tarjimon sifatida faoliyat olib bordi. 2010-yildan e’tiboran taniqli mutaxassis Dan Petreskuning murabbiylar shtabiga qo‘shilib, “Kuban”, Qatarning “Al-Arabi” hamda Xitoyning “Szyansu Saynti” klublarida assistent sifatida ish olib borgan. Tajribali mutaxassis 2026-yilning yanvaridan Toshkentning “Paxtakor” klubida faoliyat olib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) saralash bosqichida Iordaniyaning “Al-Husayn” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv joriy yilning 11-avgust kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida o‘tkaziladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar