Daryo

Navoiyda yollanma ishchi tuproq bosib qolishidan halok bo‘ldi

Voqea mahalla hududida yer ostidan o‘tgan eski quvurlarni ta’mirlash vaqtida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

1 daqiqa o‘qish5 085 ko‘rishlar0 izoh0

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida ishchi quvurlarni ta’mirlash vaqtida tuproq bosib qolishidan halok bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Voqea 7-avgust kuni Qiziltepa tumani Alisher Navoiy mahallasi hududida yer ostidan o‘tgan eski quvurlarni ta’mirlash vaqtida sodir bo‘lgan. 59 yoshli yonllanma ishchi S.Q. tuproq bosib qolishi oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

Qayd etilishicha, yakka tartibdagi ish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan ushbu fuqaro oilali, to‘rt nafar: bir o‘g‘il uch qizning otasi bo‘lgan. Ayni paytda holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mehnat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida ish joylarida 447 ta baxtsiz hodisa yuz bergan. Ish davomida yuz bergan 113 ta baxtsiz hodisa oʻlim bilan tugagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar