Daryo

O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

Kelasi hafta boshidan mamlakat hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

1 daqiqa o‘qish27 852 ko‘rishlar0 izoh14

“O‘zgidromet” 13—17-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotganidan ogohlantirdi.

Ma’lum qilinishicha, havo harorati eng issiq kunlarda respublikaning katta qismida 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Bundan avval “O‘zgidromet” dam olish kunlari uchun prognozni e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, 11—12-iyul kunlari ham jazirama issiq saqlanib qoladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar