Daryo

JCH-2026. Germaniya Kyurasaoni o‘ta yirik hisobda mag‘lub etdi

“Bunsestim” 2026-yilgi Jahon chempionatining “E” guruhi 1-turi doirasida debyutant jamoa darvozasiga yettita gol urdi.

1 daqiqa o‘qish11 682 ko‘rishlar0 izoh7

2026-yilgi Jahon chempionatining “E” guruhi 1-turi doirasida Germaniya va Kyurasao terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. AQSHning Xyuston shahridagi “NRG” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Germaniya 7:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 6-daqiqasida Feliks Nmecha hisobni ochib, Germaniyani oldinga olib chiqdi. 21-daqiqada Livano Komenenchia muvozanatni tikladi. 38-daqiqada Niko Shlotterbek “bundestim”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 45+5-daqiqada Kay Haverts penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

47-daqiqada Jamol Musiala Germaniyaning to‘rtinchi golini urdi. 68-daqiqada Nataniel Braun beshinchi golni kiritdi. 78-daqiqada Yozua Kimmixning uzatmasidan so‘ng Deniz Undav hisobni 6:1 ko‘rinishiga keltirdi. 88-daqiqada esa Kay Haverts dubl qayd etib, Germaniyaning uchrashuvdagi yettinchi goliga mualliflik qildi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Germaniya 3 ochko bilan “E” guruhi peshqadamiga aylandi. Debyutant Kyurasao esa ochkosiz holda to‘rtinchi o‘rinda qoldi. Ekvador va Kot-d’Ivuar terma jamoalarining 1-turdagi o‘zaro bahsi 01:00 da start oladi.

2-turda Germaniya Kot-d’Ivuar bilan (20-iyun), 3-turda esa Ekvador bilan (25-iyun) bahs olib boradi. Kyurasao 2-turda Ekvadorga (21-iyun), 3-turda esa Kot-d’Ivuarga (25-iyun) qarshi maydonga tushadi.

Guruh bosqichi 11–27-iyun kunlari davom etadi. Jamoalar o‘zaro bir davrali tizimda uchta o‘yin o‘tkazadi. Pley-off bosqichiga har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa, shuningdek, uchinchi o‘rinni egallagan sakkizta eng yaxshi terma jamoa yo‘l oladi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar