Daryo

JCH-2026. Pley-off bosqichining dastlabki juftligi aniq bo‘ldi

Mazkur uchrashuv 28-iyun kuni AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan Inglvud shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

1 daqiqa o‘qish6 318 ko‘rishlar0 izoh2

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalida to‘qnash keladigan ilk jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi. Pley-offning dastlabki o‘yinida Kanada hamda Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Mazkur uchrashuv 28-iyun kuni AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan Inglvud shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida, guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, janubiy afrikaliklar A guruhida, kanadaliklar esa B guruhida 2-o‘rinni band etdi. Har ikki terma jamoa ham uchta tur natijasiga ko‘ra 4 ochkodan jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Ta'kidlash joizki, JAR terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tayotgan ushbu musobaqada tarixda birinchi marta 48 ta jamoa ishtirok etmoqda. 11-iyun kuni boshlangan turnir 19-iyulga qadar davom etadi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar