Daryo

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Epimarkaz Quvasoy shahrida bo‘lgan. Farg‘ona viloyatining ayrim hududlarida 3–4 ballgacha yer silkinishi qayd etildi.

1 daqiqa o‘qish18 929 ko‘rishlar0 izoh16

24-iyun kuni soat 21:07 da O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi.

Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzilaning magnitudasi 4 ni tashkil etgan. Yer silkinishi 13 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Zilzila episentri Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahri hududida joylashgan bo‘lib, Toshkentdan 251 kilometr janubi-sharqda qayd etilgan.

Yer silkinishi Farg‘ona viloyatida 3–4 ball, Andijon viloyatida esa 2 ball kuch bilan sezilgan. Zilzila manbai Farg‘ona viloyatidan 14 kilometr, Andijon viloyatidan 63 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar