Bugun, 23-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Portugaliyaga qarshi navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi. Mazkur bahs oldidan rasmiylar ishtirokida tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
FIFA vakillari hamda har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida o‘tgan uchrashuvda musobaqa reglamentiga oid bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berildi. Shuningdek, jamoalarning ertangi o‘yinda qanday rangdagi liboslarda harakat qilishi ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Portugaliyaga qarshi to‘liq oq, darvozabon esa yashil rangli libosda maydonga tushishi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hamda Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi JCH—2026 guruh bosqichining 2-tur bahsi 23-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanishi belgilangan. O‘yin Hyustondagi “NRG” stadionida bo‘lib o‘tadi.








