Daryo

AQSH Isroil muxolifati bilan norasmiy aloqa kanallari o‘rnatmoqda

Tramp administratsiyasi Netanyaxu bo‘lajak saylovlarda yutqazishini taxmin qilmoqda. Shuningdek, hozirgi hukumatdagi ba’zi ektremistik isroilliklar Vashingtonda xavotir uyg‘otayotgani ta’kidlandi.

2 daqiqa o‘qish5 871 ko‘rishlar0 izoh7

AQSH prezidenti Donald Tramp administratsiyasining ayrim rasmiylari Isroil muxolifati bilan norasmiy aloqa kanallarini yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqda. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, aloqalar bo‘lajak saylovlarda bosh vazir Binyamin Netanyaxuning o‘rnini egallashi kutilayotgan asosiy nomzodlar bilan o‘rnatilmoqda. Ular orasida sobiq bosh vazir Naftali Bennet va Isroil armiyasining sobiq rahbari Gadi Ayzenkot bor.

Ta’kidlanishicha, bu harakatlarni amalga oshirayotgan shaxslarning ba’zilari Isroil yetakchisi Netanyaxu bilan yaqin aloqalarga ega. Shunga qaramay, ular kelajak uchun munosabatlarni hozirdan qurish maqsadida muxolifat vakillari bilan aloqaga chiqish yo‘llarini qidirmoqda.

Buning bir nechta sabablari keltirilgan. Birinchidan, Netanyaxu hukumatidagi o‘ta o‘ng qanot va ashaddiy ekstremist deb ko‘rilayotgan a’zolar AQSH rasmiylarida xavotir uyg‘otmoqda. Ikkinchidan, hozirgi hukumat sababli turli diplomatik rejalarni amalga oshirish qiyin bo‘lmoqda. Amaldagi Isroil hukumati G‘azo sektoridagi urushda o‘zini tutishi tufayli xalqaro miqyosda obro‘sizlanib bo‘lgan.

Uchinchidan, Vashington Netanyaxuning bo‘lajak saylovlarda yutqazib qo‘yish ehtimoli juda yuqoriligini tan olmoqda. Isroildagi navbatdagi saylovlar eng kechi bilan shu yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak.

AQSH razvedkasi Netanyaxu Eron bilan kelishuvini barbod qilishi mumkinligidan ogohlantirdi

AQSH razvedka idoralari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu prezident Donald Trampning Eron bilan uzoq muddatli tinchlik kelishuviga erishish borasidagi sa’y-harakatlariga putur yetkazishi mumkinligi haqida Vashington ma’muriyatini ogohlantirdi.

Bu Netanyaxu va Tramp ma’muriyatlari o‘rtasidagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda yangragan. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil Livanga qarshi hujumlarni davom ettirish niyatida. Bu esa AQSH va Eron o‘rtasida erishilgan kelishuvning muhim bandlaridan birini buzishi mumkin.

Hisobotda qayd etilishicha, kuzda Isroilda bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovlar arafasida Netanyaxuning siyosiy kelajagi ichki auditoriyaga Livandan qo‘shinlarni olib chiqmasligini va “Hizbulloh” bilan qarama-qarshilikni kuchaytirishga qat’iy bel bog‘laganini namoyish eta olishiga bog‘liq.

Shuningdek, hisobotda AQSH va Eron o‘rtasida erishilgan kelishuv shartlari Isroilda norozilik uyg‘otgani, amerikalik rasmiylar esa bu shartlar Isroilning Tehronga nisbatan maksimal bosim siyosatini zaiflashtirayotganini ta’kidlayotgani qayd etilgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar