Daryo

Rossiya Eronga 21 ta vertolyot yetkazib beradi

Texnikalar Qizil yarim oy jamiyatiga topshirilib, ulardan tibbiy operatsiyalar, yuk tashish va boshqa ijtimoiy muhim vazifalarni bajarishda foydalaniladi.

1 daqiqa o‘qish6 628 ko‘rishlar0 izoh7

Rossiyaning “Rossiya vertolyotlari” xoldingi Eronga 21 ta fuqaro vertolyotini yetkazib berish bo‘yicha hujjatlarni imzoladi. Mi-171 rusumli vertolyotlar Eronning Qizil yarim oy jamiyatiga taqdim etiladi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Xolding Rossiyaning Rostec davlat korporatsiyasi tarkibiga kiradi. Kompaniya bayonotida aytilishicha, bu vertolyotlardan tibbiy operatsiyalar, yuk tashish va boshqa ijtimoiy muhim vazifalarni bajarishda foydalaniladi.

Xolding bosh direktori Nikolay Kolesov Eron davlat korporatsiyasi va xoldingning uzoq yillik hamkori ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda ham Eronda Rossiyada ishlab chiqarilgan o‘nlab fuqaro vertolyotlari xizmat ko‘rsatmoqda. Bu texnikalar iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida ishlatilmoqda va ijtimoiy vazifalarni bajarmoqda.

“Bugun Eron Qizil yarim oy jamiyatiga yigirma bitta texnikani yetkazib berish bo‘yicha hujjatlar imzolandi. Ularning dastlabki qismini mijozga 2027-yilda yetkazib berish rejalashtirilgan”, dedi Nikolay Kolesov.

Bundan oldin Rossiya sun’iy yo‘ldoshlari Yaqin Sharqdagi harbiy obyektlar va o‘ta muhim hududlarning batafsil tasvirlarini tushirib, Eronga AQSH kuchlari hamda boshqa nishonlarga zarba berishda yordam berayotgani haqida xabar berilgandi. 

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar