Daryo

Soliq qo‘mitasi QQSga o‘tishning yangi tartibiga aniqlik kiritdi

Yanvar–may oylarida aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan korxonalar QQSga eski tartib bo‘yicha o‘tadi.

1 daqiqa o‘qish11 231 ko‘rishlar0 izoh3

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarning qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi bo‘lishi uchun belgilangan yangi tushum chegarasi qanday qo‘llanishi yuzasidan Spot’ga izoh berdi.

Prezidentning 26-maydagi farmoni bilan QQSga majburiy o‘tish uchun belgilangan yillik tushum chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining 12 ming baravarigacha, ya’ni 4 milliard 944 million so‘mgacha oshirilgandi.

Soliq qo‘mitasining qayd etishicha, yangi tartib yil boshidan buyon aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan korxonalarga taalluqli. Yanvar–may oylarida aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik subyektlari QQS to‘lovchisi sifatida eski tartib bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tadi.

Iyun oyidan boshlab esa korxona QQS to‘lovchisiga aylanishi uchun uning aylanmasi yangi belgilangan 4 milliard 944 million so‘mlik chegaradan oshishi kerak bo‘ladi.

Soliq qo‘mitasi o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun ham mazkur o‘zgarishlar qanday qo‘llanishiga aniqlik kiritdi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, QQSga o‘tishning yangi chegarasi ularga ham amaldagi tartib asosida tatbiq etiladi.

Umumbelgilangan soliq rejimiga o‘tish chegarasining oshirilishi 26-may kuni prezident huzurida o‘tkazilgan taqdimot yakunida e’lon qilingandi. Unda Shavkat Mirziyoyev kichik biznesning o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy sharoitlar va tartibga solish muhitini yaratish chora-tadbirlarini ko‘rib chiqqan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar