Daryo

Buxoroda yil davomida 175 ta yangi avtobus xarid qilinadi

Hozirgacha viloyatga 61 ta Yutong va Zongtong avtobusi olib kelingan. Shuningdek, yana 40 ta avtobus xaridi bo‘yicha shartnomalar imzolangan, qolgan transport vositalari esa yilning uchinchi choragi yakuniga qadar yetkazib beriladi.

1 daqiqa o‘qish5 055 ko‘rishlar0 izoh2

Buxoro viloyatida jamoat transporti parkini yangilash doirasida 2026-yilda 175 ta yangi avtobus xarid qilinadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyatda qulay va zamonaviy transport tizimini yaratish, yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirish, ekologik tozalik hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida jamoat transporti harakat tarkibini yangilash ishlari olib borilmoqda.

Hozirga qadar Bux Pit-Stop NGP korxonasi tomonidan 25 ta Yutong avtobusi xarid qilinib, viloyatga olib kelingan va yo‘nalishlarga chiqarilgan. Shuningdek, Progress Mega Trans hamda Buxaraneveshservis korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan 36 ta Zongtong va Yutong avtobuslari ham Buxoroga yetkazib berilgan.

Foto: Transport vazirligi

Bundan tashqari, Miramax Travel MCHJ tomonidan 16 ta, Miramax Turist Trans korxonasi tomonidan esa 24 ta yirik sig‘imli shahar avtobuslarini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar imzolangan. Hozirda avtobuslarning bir qismi bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmoqda, qolganlari esa ishlab chiqarish jarayonida.

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, loyihaning ikkinchi bosqichida 2026-yil uchinchi choragi yakuniga qadar yana 74 ta avtobus viloyatga olib kelinadi. Natijada yil yakuniga qadar Buxoro jamoat transporti parki 175 ta yangi avtobus bilan to‘ldirilishi rejalashtirilgan.

2025-yilda Toshkent viloyatining 7 ta shahrida brutto-shartnoma asosida 21 ta yo‘nalishiga 170 ta yangi avtobus xarid qilingandi. Avtotransportlarni dispetcherlik markaziga integratsiya qilish hamda shahar avtobus yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini to‘liq yo‘lga qo‘yilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar