Daryo

O‘zbekistonlik farmatsevtlar Qatarga ish taklif qilinmoqda

Oylik daromad 2 ming dollargacha bo‘lishi kutilmoqda. Nomzodlar 22—55 yosh atrofida bo‘lishi, kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.

1 daqiqa o‘qish4 374 ko‘rishlar0 izoh4

O‘zbekistonlik farmatsevtika sohasi xodimlari uchun Qatarda bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu davlatda yiliga 100 nafar farmatsevtika xodimiga ehtiyoj bor. Bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlar anketa to‘ldirganlar orasidan tanlab olinadi. Nomzodlar 22 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lishi, farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga va sohada kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, ingliz tilini muloqot darajasida bilish va Qatarda ishlashga tayyorlik talab etiladi.

Kuniga 7 soatlik ish grafigi belgilangan bo‘lib, qo‘lga tegadigan oylik daromad 2000 dollargacha bo‘lishi kutilmoqda. Nomzodlar uchun ishchi vizasini rasmiylashtirish, tibbiy sug‘urta, O‘zbekiston — Qatar yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta, aeroport transfer, turar joy va ichki transport xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Oziq-ovqat xarajatlari esa nomzodning o‘z hisobidan bo‘lib, u oyiga taxminan 150−200 dollarni tashkil etadi.

Fevral oyida o‘zbekistonliklar uchun Qatarning yirik vakansiyalar bazasi ochilgandi. Ishga qabul qilishda nomzodlar uchun yosh chegarasi 18 dan 45 yoshgacha etib belgilangan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar