Daryo

Navoiyda Tico va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Yengil avtomobil haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelib, asosiy yo‘ldagi Sinotruk mashinasiga yo‘l bermagani oqibatida YTH sodir bo‘lgan. Og‘ir jarohat olgan Tico haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

1 daqiqa o‘qish4 226 ko‘rishlar0 izoh0

Navoiy viloyati Nurota tumanida Tico va Sinotruk rusumli yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 3-iyun kuni soat 08:30 lar atrofida “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi D-191 Qizilqum halqa avtomobil yo‘lining 86-kilometrida yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Tico haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelib, asosiy yo‘ldagi transport vositasiga yo‘l bermagan va Sinotruk yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda yengil mashina haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, tuman kasalxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.

YTHdan so‘ng mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sayyor qabulda fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha bildirilgan takliflarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida 28-may kuni haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yoshlar boshqaruvidagi Damas va Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar