Daryo

Namanganda 40 ming dollar pora ortidan tergovchi va advokat qamoqqa olindi

Tergovchi pora talab qilgani uchun, advokat esa pora oldi-berdisida vositachilik qilgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

1 daqiqa o‘qish7 320 ko‘rishlar0 izoh4

Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyatida tergovchi va advokatning pora bilan bog‘liq noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, viloyat IIB Tergov boshqarmasi tergovchisi Chust tumanida yashovchi 2006-yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini uning foydasiga hal qilib, tugatib berish evaziga 40 ming dollar talab qilgan. Tergovchi ushbu mablag‘ni ishga aloqador bo‘lmagan advokat orqali olmoqchi bo‘lgan.

DXX xodimlari tomonidan Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat gumonlanuvchining otasidan 40 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, advokatdan 30 ming dollarni olayotgan paytda tergovchi ham qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish), advokatga esa 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Har ikki shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

4-iyun kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joylashgan davlat zaxirasidagi yerni 750 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani haqida ham xabar berilgandi. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar