Daryo

O‘zbekiston Eronga yana insonparvarlik yordami yubordi

Bu gal 15 ta yuk mashinasiga ortilgan gumanitar yordam tarkibidan dori-darmon va tibbiy vositalar o‘rin olgan.

1 daqiqa o‘qish6 152 ko‘rishlar0 izoh19

O‘zbekiston 21-may kuni Eron xalqiga insonparvarlik yordami ikkinchi partiyasini yubordi. Bu haqda Eronning Press TV telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, 15 ta yuk mashinasiga ortilgan ushbu insonparvarlik yordami tarkibidan dori-darmon va tibbiy vositalar o‘rin olgan. Yuklar Dargaz quruqlik chegara posti orqali mamlakatga olib kirildi va Eron Qizil yarim oy jamiyatiga topshirildi.

Foto: Press TV
Foto: Press TV

Avvalgi insonparvarlik yuki bundan ikki oy avval, 16-martda yuborilgandi. Unda oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yog‘i hamda konservalar, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar