Daryo

NATO Estoniya hududida ilk bor dron urib tushirdi

Apparat Ukrainaga tegishli ekani taxmin qilinmoqda.

1 daqiqa o‘qish2 834 ko‘rishlar0 izoh1

Estoniyada Boltiqbo‘yi havo hududini himoya qilish missiyasida xizmat qilayotgan NATO qiruvchi samolyoti dron urib tushirdi. Bu apparat Ukrainaga tegishli ekani taxmin qilinmoqda. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Mamlakat mudofaa vaziri Xanno Pevkurning ma’lum qilishicha, dronni qiruvchi samolyotlar Virtsyarv ko‘li uzra urib tushirgan. Mahalliy vaqt bilan soat 12:55 da Mudofaa kuchlari bayonot berdi. Unda Estoniyaning janubiy hududidagi dron xavfi bartaraf etilgani aytildi.

Estoniya Mudofaa kuchlari tarqatgan ogohlantirishga ko‘ra, havo xavfi quyidagi okruglarga ta’sir qilgan: Tartu, Yigeval, Vilyandi, Valga, Viru va Pilva.

“Bu o‘zimiz dron urib tushirgan birinchi holatd”, deb ta’kidladi mudofaa vaziri Pevkur.

Chegaradagi vaziyat

Mart oyidan buyon Ukrainaning yo‘ldan adashgan bir nechta dronlari NATO a’zolari bo‘lgan Latviya, Litva va Estoniya havo hududiga kirib kelgan. Bu davlatlar Rossiya hamda uning ittifoqchisi Belarus bilan chegaradosh hisoblanadi.

Kiyev hukumati bu holatga doimiy ravishda izoh berib keladi. Ularning bildirishicha, adashgan dronlar Rossiyadagi harbiy obyektlarga zarba berish uchun uchirilgan. Biroq Rossiyaning radioelektron kurash vositalari xalal bergani sababli ular yo‘nalishidan adashgan. Bunday dronlarning ba’zilari qulab tushgan va portlagan. Xususan, 7-may kuni ikkita dron Latviyadagi neft omboriga urilib, yong‘in keltirib chiqargan edi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar