Daryo

Toshkent bozorlarida bo‘yalgan pomidorlar sotilayotgani rad etildi

Poytaxt bozorlarida Sanepidqo‘m xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilganda kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan sabzavotlar sotilayotgani holatlari aniqlanmagan.

1 daqiqa o‘qish3 299 ko‘rishlar0 izoh1

Toshkent shahar hokimligi poytaxt bozorlarida kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan pomidorlar ommaviy sotilayotganini rad etdi.

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shu haqda xabarlar tarqalgach Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi barcha oziq-ovqat bozorlarida holat o‘rganildi. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan sabzavotlar sotilayotgani holatlari aniqlanmadi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Hokimlik faol fuqarolik pozitsiyasi hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi masalalariga e’tibori uchun aholiga minnatdorlik bildirdi.

Shu bilan birga ma’lumotlarni tarqatishdan oldin vakolatli organlardan aniqlashtirish lozimligini, noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini eslatdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar