JCH-2026 musobaqasi 11-iyundan 19-iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Turnirga bir vaqtning o‘zida uchta davlat: AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Dastlab o‘yinlarni o‘tkazish uchun 23 ta nomzod stadion ko‘rsatilgan edi. Yakuniy ro‘yxatda esa 16 ta qoldi: shulardan 2 tasi Kanadada, 3 tasi Meksikada va 11 tasi AQSHda.
Ilgari ham JCH o‘yinlarini qabul qilgan yagona stadion Mexikodagi "Azteka" hisoblanadi. Meksika poytaxtida 1970 va 1986-yillardagi final bosqichi o‘yinlari o‘tkazilgan. AQSHda 1994-yilda ham jahon chempionati bo‘lib o‘tgan, biroq u paytdagi stadionlarning birortasi JCH-2026 o‘yinlarini qabul qilmaydi.
JCH-2026 ning barcha stadionlari bo‘yicha to‘liq ro‘yxatni e’tiboringizga havola etamiz.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida "K" guruhidan o‘in olgan bo‘lib, guruhdan chiqish uchun Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.
Fabio Kannavaro shogirdlari dastlabki o‘yinni 17-iyun kuni Mexikodagi afsonaviy "Azteka" stadionida Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Guruhdagi 2-o‘yin 23-iyun kuni Xyuston shahridagi NRG stadionida Portugaliya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Guruhdagi so‘nggi bahs 28-iyun kuni Atlantadagi "Mersedes Benz" stadionida bo‘ladi. FIFA stadionlarning tijoriy nomlarini tan olmasligi sababli, mundial paytida stadion "Atlanta" deb nomlanadi.

"Azteka" (Estadio Azteca)
Joylashuvi: Mexiko (Meksika)
Sig‘imi: 87 523 tomoshabin
Ochilgan sanasi: 1966-yil 29-may
Afsonaviy "Azteka" stadiono Lotin Amerikasidagi eng katta stadion hisoblanadi.
Bu inshoot 87 000 dan ortiq tomoshabinni sig'dira oladi. Shuningdek, u dunyodagi eng baland arenalardan biri bo'lib, dengiz sathidan 2200 metr balandlikda joylashgan. Stadion 1966-yilda qurilgan va 1985-yilda ta'mirlangan. G'ayrioddiy fakt: maydon ko'cha sathidan to'qqiz metr pastda joylashgan.
Arenada ikkita Jahon chempionati finali bo'lib o'tgan: 1970 va 1986-yillarda.
Aynan shu yerda, 1986-yilda Diego Maradona chorak finalda Angliyaga qarshi o'yinda "Asr goli"ni urgan. Estadio Azteca shuningdek, 1968-yilgi Olimpiya futbol turniri, Pan Amerika o'yinlari, KONKAKAF Oltin kubogi va Konfederatsiyalar kubogiga mezbonlik qilgan.
Hozirda u "Club América"ning uy stadioni hisoblanadi. Meksika milliy futbol jamoasi ham 1966-yildan beri uy o'yinlarini shu yerda o'tkazib keladi.
1993-yil 20-fevralda mazkur areanada Xulio Sezar Chaves va Greg Haugen o‘rtasidagi boks janggi o‘tkazilgan bo‘lib, unga darajadagi 132 247 tomoshabin to'plangan.

"Azteka"dagi JCH-2026 o‘yinlari jadvali:
11-iyun (payshanba)
Meksika — JAR (A guruhi)
17-iyun (chorshanba)
O‘zbekiston — Kolumbiya (K guruhi)
24-iyun (chorshanba)
Meksika — Chexiya (A guruhi)
26-iyun (juma)
Urugvay — Ispaniya (H guruhi)
30-iyun (seshanba)
1/16 final
5-iyul (yakshanba)
1/8 final

"En-er-dji Stedium" / NRG Stadium
Joylashuvi: Xyuston (Texas shtati, AQSH)
Sig‘imi: 72 220 tomoshabin
Ochilgan sanasi: 2002-yil 24-avgust
"En-er-dji Stedium" 2002-yilda 352 million dollarga qurilgan.
U suriluvchi tomga ega bo‘lgan NFLning birinchi stadioni bo‘ldi. Futbol o‘yinlari vaqtida arenaning sig‘imi taxminan 71 ming muxlisni tashkil etadi. Arenaning avvalgi nomi — "Relayant Enerji".
Bu NFLning "Xyuston Teksans" jamoasi uy arenasidir. Amerika futbolidan tashqari, bu yerda futbol bo‘yicha AQSH terma jamoasi o‘yinlari ham bo‘lib o‘tadi. 2025-yilda stadionda KONKAKAF Oltin kubogi finali bo‘lib o‘tdi va unda Meksika AQSHni mag‘lub etdi (2:1). Shuningdek, arenada rodeyo va qishloq xo‘jaligi hayvonlari ko‘rgazmalari o‘tkaziladi. 2017 va 2024-yillarda stadionda Superboul o‘yinlari bo‘lib o‘tgan.

"En-er-dji Stedium"dagi JCH-2026 o‘yinlar jadvali:
14-iyun (yakshanba)
Germaniya — Kyurasao (E guruhi)
17-iyun (chorshanba)
Portugaliya — Kongo DR (K guruhi)
20-iyun (shanba)
Niderlandiya — Shvetsiya (F guruhi)
23-iyun (seshanba)
Portugaliya — O‘zbekiston (K guruhi)
26-iyun (juma)
Kabo-Verde — Saudiya Arabistoni (H guruhi)
29-iyun (dushanba)
1/16 final
4-iyul (shanba)
1/8 final

"Mersedes-Benz Stedium" ("Atlanta") / Mercedes-Benz Stadium
Joylashuvi: Atlanta (Jorjiya shtati, AQSH)
Sig‘imi: 71 000 tomoshabin
"Mersedes-Bens" sport stadioni 2017-yilda qurilgan. Qurilish qiymati 1,6 milliard dollarga baholanadi. Arenaning kinetik ochiluvchi tomi mavjud bo‘lib, u markazda xuddi fotoapparat diafragmasi kabi tutashadigan sakkizta gulbarsimon bo‘laklardan iborat. Tom tabiiy yoritishni ta’minlaydigan shaffof plyonkasi bilan qoplangan.
Stadion tez-tez suv toshqinlari bo‘lib turadigan hududda joylashgan. Qurilish vaqtida arena ostiga maydoni 600 ming kvadrat fut bo‘lgan sisterna o‘rnatilgan bo‘lib, u 2 million gallongacha yomg‘ir suvini sig‘dira oladi. Buning hisobiga ushbu hududdagi turar joy binolarini suv bosishi ko‘lami kamayadi.
Bu NFLning "Atlanta Felkons" jamoasi uy arenasidir. Shuningdek, bu yerda 2025-yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tgan.

"Mersedes-Bens Stedium"dagi JCH-2026 o‘yinlar jadvali:
15-iyun (dushanba)
Ispaniya — Kabo-Verde (H guruhi)
18-iyun (payshanba)
Chexiya — JAR (A guruhi)
21-iyun (yakshanba)
Ispaniya — Saudiya Arabistoni (H guruhi)
24-iyun (chorshanba)
Marokash — Gaiti (C guruhi)
27-iyun (shanba)
Kongo DR — O‘zbekiston (K guruhi)
1-iyul (chorshanba)
1/16 final
7-iyul (seshanba)
1/8 final
15-iyul (chorshanba)
1/2 final

"Metlayf Stedium" / MetLife Stadium
Joylashuvi: Ist-Raterford (Nyu-Jersi shtati, AQSH)
Sig‘imi: 82 500 tomoshabin
Ochilgan sanasi: 2010-yil 10-aprel
"Metlayf" stadioni qurilishi 2007-yilda boshlanib, 2010-yilda yakunlangan. Arena 1976-yilda qurilgan "Jayents" stadioni o‘rnida barpo etilgan. Yangi sport obyekti qurilishi 1,6 milliard dollarga tushgan. Uzoq vaqt davomida ushbu arena dunyodagi eng qimmat stadion hisoblanib kelgan.
Stadionda NFL (Amerika futboli) o‘yinlari o‘tkaziladi. Bu "Nyu-York Jayents" va "Nyu-York Jets" jamoalarining uy arenasidir. 2025-yilda "Metlayf"da klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finali bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, bu jahon yulduzlari konsertlari uchun eng yirik maydon hisoblanadi (Beyonse, Teylor Svift, Metallica va boshqalar ushbu stadionda konsert berishgan).
19-iyul kuni Jahon chempionatining final uchrashuvi mazkur stadionda bo‘lib o‘tadi.

"Metlayf" stadionidagi JCH-2026 o‘yinlari jadvali:
13-iyun: Braziliya — Marokash (C guruhi)
16-iyun: Fransiya — Senegal (I guruhi)
22-iyun: Norvegiya — Senegal (I guruhi)
25-iyun: Ekvador — Germaniya (E guruhi)
27-iyun: Panama — Angliya (L guruhi)
30-iyun: 1/16 final
5-iyul: 1/8 final
19-iyul: Final

"Sou-Fay" / SoFi
Joylashuvi: Inglvud (Kaliforniya shtati, AQSH)
Sig‘imi: 70 000 tomoshabin
Ochilgan sanasi: 2020-yil 8-sentyabr
Stadion Los-Anjeles okrugining janubi-g‘arbida joylashgan. Arena qurilishi to‘rt yil davom etgan va 5-6 milliard dollarga baholanadi. Arenaning o‘ziga xosligi — shaffof tarzda ishlangan tomidir. Stadionda sun’iy qoplama (sintetik maysa) qo‘llanilgan. Bu yerda NFLning ikki jamoasi — "Los-Anjeles Rems" va "Los-Anjeles Chardjers" o‘ynaydi. Shuningdek, 2028-yilgi Olimpiada o‘yinlarining futbol turniri ham shu yerda o‘tadi.

"So-Fi" stadionidagi JCH-2026 o‘yinlari jadvali:
12-iyun: AQSH — Paragvay (D guruhi)
15-iyun: Eron — Yangi Zelandiya (G guruhi)
18-iyun: Shvetsariya — Bosniya va Gersegovina (B guruhi)
21-iyun: Belgiya — Eron (G guruhi)
25-iyun: Turkiya — AQSH (D guruhi)
28-iyun: 1/16 final
2-iyul: 1/16 final
10-iyul: 1/4 final

"Ey-ti-end-ti Stedium" / AT&T Stadium
Joylashuvi: Arlington (Texas shtati, AQSH)
Sig‘imi: 80 000 tomoshabin
Ochilgan sanasi: 2009-yil 27-may
AT&T stadioni Texas shtatining Arlington shahrida joylashgan. Arenaning poydevori 2004-yilda qo'yilgan va to'rt yildan so'ng ochilgan. Qurilish xarajatlari 1,3 milliard dollarga baholangan. Stadion ikkita paneldan iborat yig'iladigan tomga ega. U roppa-rosa 12 daqiqada ochiladi va yopiladi. 2009-yildan 2012-yilgacha stadion "Cowboys stadium" deb nomlangan.
Mazkur o‘yingoh NFLning "Dallas Cowboys" klubining uy stadioni. 2010-yilda Texas arenasi NBA yulduzlar o'yiniga mezbonlik qildi. Bu o‘yinga jami 108 713 tomoshabin tashrif buyurdi - bu jahon basketbol rekordidir. Bu natija Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

AT&T stadionidagi JCH-2026 o‘yinlari jadvali
14-iyun (yakshanba)
Niderlandiya - Yaponiya (F guruhi)
17-iyun (chorshanba)
Angliya - Xorvatiya (L guruhi)
22-iyun (dushanba)
Argentina - Avstriya (J guruhi)
25-iyun (payshanba)
Yaponiya - Shvetsiya (F guruhi)
27-iyun (shanba)
Iordaniya - Argentina (J guruhi)
30-iyun (seshanba)
1/16 final
3-iyul (juma)
1/16 final
6-iyul (dushanba)
1/8 final
14-iyul (seshanba)
1/2 final

"Livays Stedium" / Levi's Stadium
Joylashuvi: Santa-Klara (Kaliforniya shtati, AQSH)
Sig‘imi: 68 500 tomoshabin
Ochilgan sanasi: 2014-yil 17-iyul
Ochiq osmon ostidagi Levi's stadioni 2014-yilda 1,3 milliard dollarga qurilgan.
Levi's stadioni aqlli stadion bo‘lib, dunyodagi texnologik jihatdan eng rivojlangan o‘yingoh hisoblanadi. Uning afzalliklari orasida yuqori quvvatli Wi-Fi va quyosh panellari mavjud. Arenada shuningdek, o'z mobil ilovasi mavjud bo'lib, u sizga navbatda kutmasdan oziq-ovqat va ichimliklar sotib olish imkonini beradi.
Bu NFLning "San-Fransisko 49" jamoasining uy stadionidir. 2016-yilda arenada Amerika kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi. Stadionda shuningdek, kurash musobaqalari, NHL stadion seriyasi o'yinlari va kollej futbol o'yinlari ham bo'lib o'tdi. Levi's stadioni 2016 va 2026-yillarda Superkubokka mezbonlik qilgan.

"Livays Stedium"dagi JCH-2026 o‘yinlari jadvali:
13-iyun (shanba)
Qatar — Shvetsariya (B guruhi)
16-iyun (seshanba)
Avstriya — Iordaniya (J guruhi)
19-iyun (juma)
Turkiya — Paragvay (D guruhi)
22-iyun (dushanba)
Iordaniya — Jazoir (J guruhi)
25-iyun (payshanba)
Paragvay — Avstraliya (D guruhi)
1-iyul (chorshanba)
1/16 final

"Xard Rok Stedium" / Hard Rock Stadium
Joylashuvi: Mayami-Gardens (Florida shtati, AQSH)
Sig‘imi: 64 767 tomoshabin
Ochilgan sanasi: 1987-yil 1-dekabr
"Xard Rok Stedium" Mayami-Gardensda joylashgan. U 1987-yilda qurilgan. Stadionning sig‘imi futbol o‘yinlarida 65 ming tomoshabinni, beysbolda esa 36 ming tomoshabinni tashkil etadi.
Bu mutlaqo turli xil musobaqalarni qabul qila oladigan ko‘p funksiyali arenadir. Masalan, Amerika futboli, futbol (sokker), beysbol, lakross va tennis bo‘yicha o‘yinlar shular jumlasidandir. Stadion NFLning "Mayami Dolfins" jamoasiga tegishli. 1993-yildan 2011-yilgacha bu yerda "Florida Marlins" beysbol jamoasi ham o‘z o‘yinlarini o‘tkazgan.
2024-yilda arenada Argentina va Kolumbiya (1:0) terma jamoalari o‘rtasida Amerika Kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Stadion olti marta Superboulga va ikki marta beysbol bo‘yicha Jahon seriyasi o‘yinlariga mezbonlik qilgan. Turli vaqtlarda arenada The Rolling Stones, Pink Floyd, Elton Jon, Pol Makkartni, Ozzi Ozborn va boshqa musiqa afsonalari konsert berishgan.

"Xard Rok Stedium"dagi JCH-2026 o‘yinlar jadvali:
15-iyun (dushanba)
Saudiya Arabistoni — Urugvay (H guruhi)
21-iyun (yakshanba)
Urugvay — Kabo-Verde (H guruhi)
24-iyun (chorshanba)
Shotlandiya — Braziliya (C guruhi)
27-iyun (shanba)
Kolumbiya — Portugaliya (K guruhi)
3-iyul (juma)
1/16 final
11-iyul (shanba)
1/4 final
18-iyul (shanba)
3-o‘rin uchun bahs

"Lyumen Fild" / Lumen Field
Joylashuvi: Sietl (Vashington shtati, AQSH)
Sig‘imi: 69 000 tomoshabin
Ochilgan sanasi: 2002-yil 28-iyul
"Lyumen Fild" stadioni 2002-yilda ochilgan. Uning qurilish qiymati 430 million dollarni tashkil etgan. Arena U-simon shaklga ega bo‘lib, undan shahar markazining ishbilarmonlik qismiga manzara ochiladi. Shuningdek, stadiondan Reynir tog‘ini ham ko‘rish mumkin.
Bu NFLning qurilish jarayonidayoq VIP-lojalar uchun maxsus hudud ajratilgan birinchi stadionidir. Arenaning suriluvchi tomi yo‘q, biroq o‘rindiqlarning 70 foizi ustida soyabonlar mavjud, maydonning o‘zi esa ochiq qolgan.
"Lyumen Fild"da The Rolling Stones, U2, Metallica va boshqalar konsert berishgan. Shuningdek, bu yerda savdo ko‘rgazmalari ham o‘tkazib turiladi. Stadion 2025-yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘yinlarini qabul qilgan. Hozirda bu yerda MLSning "Sietl Saunders" jamoasi va NFLning "Sietl Sixoks" klubi o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazadi.

"Lyumen Fild"dagi JCh-2026 o‘yinlar jadvali:
15-iyun (dushanba)
Belgiya — Misr (G guruhi)
19-iyun (juma)
AQSH — Avstraliya (B guruhi)
24-iyun (chorshanba)
Bosniya va Gersegovina — Qatar (B guruhi)
26-iyun (juma)
Misr — Eron (G guruhi)
1-iyul (chorshanba)
1/16 final
6-iyul (dushanba)
1/8 final

"Jilett Stedium" / Gillette Stadium
Joylashuvi: Foksboro (Massachusets shtati, AQSH)
Sig‘imi: 65 878 tomoshabin
Ochilgan sanasi: 2002-yil 11-may
"Jilett" stadioni 2002-yilda ochilgan. Uning avvalgi nomi — "CMGA Field". Sport obyektining qiymati 325 million dollarni tashkil etgan. Moliyalashtirishning asosiy qismi xususiy manbalar hisobidan amalga oshirilgan, faqatgina 70 million dollari shtat budjetidan arena infratuzilmasi uchun ajratilgan.
Bu NFLning "Nyu-Inglend Patriots" jamoasi va MLSning "Nyu-Inglend Revolyushn' klubi uy stadionidir. Arenaning sig‘imi Amerika futboli o‘yinlarini o‘tkazish uchun 65 878 tomoshabinni, futbol o‘yinlari uchun esa 20 000 tomoshabinni (kengaytirish imkoniyati bilan) tashkil etadi.

"Jilett Stedium"dagi JCH-2026 o‘yinlar jadvali:
13-iyun (shanba)
Gaiti — Shotlandiya (C guruhi)
16-iyun (seshanba)
Iroq — Norvegiya (I guruhi)
19-iyun (juma)
Shotlandiya — Marokash (C guruhi)
23-iyun (seshanba)
Angliya — Gana (L guruhi)
26-iyun (juma)
Norvegiya — Fransiya (I guruhi)
29-iyun (dushanba)
1/16 final
9-iyul (payshanba)
1/4 final

"Linkoln Faynenshl Fild" / Lincoln Financial Field
Joylashuvi: Filadelfiya (Pensilvaniya shtati, AQSH)
Sig‘imi: 69 796 tomoshabin
Ochilgan sanasi: 2003-yil 3-avgust
Filadelfiyaning janubiy qismida joylashgan "Linkoln Faynenshl Fild" stadioni qurilishi ikki yil davom etgan. Uning qiymati 512 million dollarga baholangan. Muxlislar stadionni "Link" (The Linc) deb atashadi. Arenaning tomi yo‘q, biroq yuqori yaruslarning bir qismi muxlislarni quyosh va yomg‘irdan himoya qilish uchun soyabonlarga ega. Bu "eko-frendli" (ekologik toza) stadion bo‘lib, unda sport inshooti faoliyati uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasining 30 foizi quyosh panellari va shamol turbinalari orqali ta’minlanadi.
Bu yerda 2004-yilda "Veterans Stedium"dan ko‘chib o‘tgan NFLning "Filadelfiya Iglz" klubi joylashgan. Arenaning sig‘imi 69 000 nafar muxlisni tashkil qiladi. Avvalroq stadion klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining sakkizta o‘yinini qabul qilgan.

"Linkoln Faynenshl Fild"dagi JCH-2026 o‘yinlari jadvali:
14-iyun (yakshanba)
Kot-d'Ivuar — Ekvador (E guruhi)
19-iyun (juma)
Braziliya — Gaiti (C guruhi)
22-iyun (dushanba)
Fransiya — Iroq (I guruhi)
25-iyun (payshanba)
Kyurasao — Kot-d'Ivuar (E guruhi)
27-iyun (shanba)
Xorvatiya — Gana (L guruhi)
4-iyul (shanba)
1/8 final

"Errouxed Stedium" / Arrowhead Stadium
Joylashuvi: Kanzas-Siti (Missuri shtati, AQSH)
Sig‘imi: 76 416 tomoshabin
Ochilgan sanasi: 1972-yil 12-avgust
"Arrowhead" stadioni qurilishi uzoq 1968-yilda boshlangan. Rasmiy ochilish marosimi esa 1972-yilda bo‘lib o‘tgan. Qurilish 43 million dollarga tushgan. Arena bir necha bor rekonstruksiya qilingan va kengaytirilgan. Stadion usti ochiq. 2006-yilgi rekonstruksiya paytida suriluvchi tom konsepsiyasi ko‘rib chiqilgan bo‘lsa-da, ammo baribir bu g‘oyadan voz kechilgan.
Bu NFLda ishtirok etuvchi "Kanzas-Siti Chifs" jamoasining uy arenasidir. Biroq jamoa 2031-yilga kelib boshqa stadionga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda. 2014-yilda bu yerda muxlislar tomonidan chiqarilgan shovqin darajasi bo‘yicha Ginnesning rekordi qayd etilgan — 142,2 detsibell, bu havoga ko‘tarilayotgan reaktiv samolyot ovozi bilan tengdir. Bunday natijaga noyob akustika sharofati bilan erishilgan.
NFL o‘yinlaridan tashqari, bu yerda jahon estrada yulduzlarining konsertlari ham o‘tkaziladi. Stadionda Queen, Maykl Jekson, Pol Makkartni, Elton Jon chiqish qilishgan. Shuningdek, stadionda Teylor Sviftning konserti bo‘lib o‘tgan.

"Errouxed Stedium"dagi JCH-2026 o‘yinlar jadvali:
16-iyun (seshanba)
Argentina — Jazoir (J guruhi)
20-iyun (shanba)
Ekvador — Kyurasao (E guruhi)
25-iyun (payshanba)
Tunis — Niderlandiya (F guruhi)
27-iyun (shanba)
Jazoir — Avstriya (J guruhi)
3-iyul (juma)
1/16 final
11-iyul (shanba)
1/4 final

"Akron" (Estadio Akron)
Joylashuvi: Gvadalaxara (Meksika)
Sig‘imi: 48 071 tomoshabin
Ochilgan sanasi: 2010-yil 30-iyul
"Akron" futbol stadioni Meksikaning Sapopan shahrida joylashgan. Avvalgi nomi — "Omnilayf". Arena 2010-yilda qurilgan. Ochilish marosimida o‘sha paytda mamlakat prezidenti lavozimini egallab turgan Felipe Kalderon hamda FIFA, KONMEBOL va KONKAKAF vakillari ishtirok etishgan.
Arxitektorlarning g‘oyasiga ko‘ra, stadionning tashqi dizayni yam-yashil tabiat bilan o‘ralgan vulqonni eslatadi, bu esa Xalisko mintaqasi tabiatining ramzi hisoblanadi. Arenada tomoshabinlar o‘rindiqlarini yopib turuvchi tom mavjud.
Bu Meksika yuqori divizionida ishtirok etuvchi "Gvadalaxara" futbol klubining (boshqa nomi — "Chivas") uy arenasidir. 2026-yilning mart oyida bu yerda Yangi Kaledoniya, Yamayka va Kongo DR ishtirokida qit’alararo pley-off o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 2011-yilda arena Panamerika o‘yinlarini qabul qilgan. 2023-yilda "Akron"da Saul "Kanelo" Alvares va Jon Rayder o‘rtasida boks jangi bo‘lib o‘tgan. O‘shanda meksikalik bokschi hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan edi. Shuningdek, ushbu arenada The Weeknd ham konsert bergan.

"Akron"dagi JCH-2026 o‘yinlari jadvali:
11-iyun (payshanba)
Koreya — Chexiya (A guruhi)
18-iyun (payshanba)
Meksika — Koreya (A guruhi)
23-iyun (seshanba)
Kolumbiya — Kongo DR (K guruhi)

"BBVA" (Estadio BBVA)
Joylashuvi: Monterrey (Meksika)
Sig‘imi: 53 500 tomoshabin
Ochilgan sanasi: 2015-yil 2-avgust
"Estadio BBVA" 2015-yilda qurilgan. U juda so‘lim joyda — Serro-de-la-Silya tog‘i etagida joylashgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tribunalardan hayratlanarli manzaralar ko‘rinib turadi. Sport obyektining qiymati 200 million dollarni tashkil etgan. Arenaning norasmiy nomi ham bor — Gigante de Acero (ispanchadan — "Po‘lat gigant"). Bunga sabab — po‘lat konstruksiyalardan iborat fasadga ega futuristik dizayndir.
Arenada tomoshabinlar o‘rindiqlarini to‘liq yopib turadigan tom o‘rnatilgan. Maydon gibrid chimli qoplamadan iborat, shuningdek, iqlim nazorati tizimi (klimat-kontrol) ham ishlaydi.
Bu yerda 5 karra Meksika chempioni va 5 karra KONKAKAF Chempionlar ligasi g‘olibi — "Monterrey" jamoasi joylashgan. Ushbu arena 2026-yil mart oyida Boliviya, Surinam va Iroq ishtirokidagi qit’alararo pley-off o‘yinlarini o‘tkazish joyi sifatida tanlangan.

"Estadio BBVA"dagi JCh-2026 o‘yinlari jadvali:
14-iyun (yakshanba)
Shvetsiya — Tunis (F guruhi)
20-iyun (shanba)
Tunis — Yaponiya (F guruhi)
24-iyun (chorshanba)
JAR — Koreya (A guruhi)
29-iyun (dushanba)
1/16 final

"BMO Fild" / BMO Field
Joylashuvi: Toronto (Kanada)
Sig‘imi: 30 000 (JCH uchun 45 000 gacha kengaytiriladi)
Ochilgan sanasi: 2007-yil 28-aprel
"BMO Fild" stadioni 2006-yilda Torontoda qurilgan. Uning qiymati 62 million dollarga baholangan. Arena 2015-yilda rekonstruksiya qilingan. FIFA stadionlarning tijoriy nomlarini tan olmasligi sababli, ushbu tashkilot shafeligidagi turnirlar doirasida arena "Kanada milliy futbol stadioni" deb yuritiladi.
Bu yerda MLSda ishtirok etuvchi "Toronto" futbol klubining uy o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, bu futbol bo‘yicha Kanada terma jamoasining ham stadionidir.
Arena yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati, 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi jahon chempionati, MLS kubogi finallari, KONKAKAF Oltin kubogi guruh bosqichi o‘yinlari va Panamerika o‘yinlariga mezbonlik qilgan. 2017-yil 1-yanvarda NHL muntazam chempionati doirasida "Toronto Maple Leaves" va «Detroyt Red Wings» jamoalari o‘rtasida "Asr klassikosi" (Centennial Classic) o‘yini bo‘lib o‘tgan.

"BMO Fild"dagi JCH-2026 o‘yinlari jadvali:
12-iyun (juma)
Kanada — Bosniya va Gersegovina (B guruhi)
17-iyun (chorshanba)
Gana — Panama (L guruhi)
20-iyun (shanba)
Germaniya — Kot-d'Ivuar (E guruhi)
23-iyun (seshanba)
Panama — Xorvatiya (L guruhi)
26-iyun (juma)
Senegal — Iroq (I guruhi)
2-iyul (payshanba)
1/16 final

"Bi-Si Pleys" / BC Place
Joylashuvi: Vankuver (Kanada)
Sig‘imi: 54 500 tomoshabin
Ochilgan sanasi: 1983-yil 19-iyun
Arena Britaniya Kolumbiyasining inglizcha qisqartmasidan olingan "Bi-Si Pleys" nomiga ega. Stadion 1983-yilda qurilgan. Arenani rekonstruksiya qilish bir necha yil — 2009-yildan 2011-yilgacha davom etgan. Stadion ochilib, yopiluvchi tomga ega.
Bu MLSning "Vankuver Uaytkeps" jamoasi va Kanada futbol ligasining "British Columbiya Lions" klubi uchun uy arenasi hisoblanadi.
Stadion 2010-yilgi Olimpiada va 2010-yilgi Paralimpiada o‘yinlarini qabul qilgan. Xususan, bu yerda ochilish va yopilish marosimlari, shuningdek, chempion va sovrindorlarni taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tgan.
Arena, shuningdek, NASL pley-off finali, ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati va regbi-7 bo‘yicha Jahon seriyasi bosqichlariga mezbonlik qilgan.

"Bi-Si Pleys"dagi JCH-2026 o‘yinlari jadvali:
13-iyun (shanba)
Avstraliya — Turkiya (D guruhi)
18-iyun (payshanba)
Kanada — Qatar (B guruhi)
21-iyun (yakshanba)
Yangit Zelandiya — Misr (G guruhi)
24-iyun (chorshanba)
Shveysariya — Kanada (B guruhi)
26-iyun (juma)
Yangi Zelandiya — Belgiya (G guruhi)
2-iyul (payshanba)
1/16 final
7-iyul (seshanba)
1/8 final








