Daryo

Mourinyo Mbappe uchun alohida reja tayyorlab qo‘ygan — manba

Portugaliyalik mutaxassis katta ehtimol bilan Madridning “Real” klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish8 793 ko‘rishlar0 izoh11

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo katta ehtimol bilan Madridning “Real” klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Jurnalist Andres Martinesning xabar berishicha, Mourinyo jamoaga kelgan taqdirda Kilian Mbappe bilan ishlash bo‘yicha maxsus tizimni allaqachon ishlab chiqqan.

Mourinyoning rejasiga ko‘ra, fransiyalik hujumchi muhim uchrashuvlarda ko‘proq gol urishi, ahamiyati pastroq o‘yinlarda esa to‘psiz ishlashga ko‘proq e’tibor qaratishi (va kamroq gol urishi) ko‘zda tutilgan. Bu strategiya Mbappening jismoniy kuchini tejash va hal qiluvchi bahslarda uning samaradorligini maksimal darajaga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mourinyoning agenti Jorje Mendesh “Real” bilan muzokara boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga ko‘ra, Mourinyo “qirollik klubi”ga qaytishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe 2024-yilda “PSJ”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Uning “qirollik klubi” bilan shartnomasi 2029-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi. Hujumchi joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 41 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar