Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 26,97 so‘mga ko‘tarilib, 12 141,94 so‘m bo‘ldi;
- yevro 29,32 so‘mga oshib, 14 289,85 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,56 so‘mga ko‘tarilib, 162,63 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ko‘tarilib, 12 114,97 so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursi 4-maydan buyon tushmadi.








