Daryo

“Barselona” o‘z maydonida “Real Madrid”ni mag‘lub etib, La Liga chempioniga aylandi

Ispaniya La Ligasining 35-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Real Madrid” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

1 daqiqa o‘qish9 182 ko‘rishlar0 izoh8

Ispaniya La Ligasining 35-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Real Madrid” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda “ko‘k-anorranglilar” 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, mamlakat chempioniga aylandi.

O‘yinning 9-daqiqasida “Barselona” hujumchisi Markus Reshford o‘yindagi birinchi golni kiritdi. 18-daqiqada mezbonlar hujumchisi Ferran Torres jamoasining ustunligini ikkitaga oshirdi.

Shu tariqa Kataloniya klubi o‘z tarixida 29-bor La Liga g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

35-turdan so‘ng “Barselona” 91 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madridning “Real” klubi esa ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Qirollik klubi” hisobida 77 ochko mavjud.

Xans-Diter Flik shogirdlari 36-turda “Alaves” maydoniga safar qiladi, Alvaro Arbeloa qo‘l ostidagi jamoa “Real Ovuedo”ga qarshi bahs olib boradi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar