Daryo

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi ikkita kompaniyaga sanksiya kiritdi

Bu kompaniyalar Rossiya zavodlariga sellyuloza yetkazib berishi, ulardan porox tayyorlanishi ma’lum qilindi. Britaniya va Ukraina allaqachon bu kompaniyalarga sanksiyalar qo‘llagandi.

1 daqiqa o‘qish10 522 ko‘rishlar0 izoh4

Yevropa Ittifoqi 23-aprel kuni O‘zbekistondagi ikkita kompaniyaga, Raw Materials Cellulose va Farg‘ona kimyo zavodiga qarshi sanksiyalar kiritdi. 

Farg‘ona kimyo zavodi paxta sellyulozasi ishlab chiqaradi. U Rossiyaning “Perm porox” zavodi va “Qozon porox” zavodiga mahsulotlar yetkazib beradi. Bu zavodlar esa paxta sellyulozasidan Rossiya Qurolli kuchlari uchun qurol ishlab chiqarishda foydalanishi aytilmoqda.

“Zavod harbiy texnologiyalar va uskunalar yetkazib berish zanjirida ishtirok etish orqali Rossiyaning harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlamoqda”, deyiladi Yevropa Ittifoqi e’lon qilgan hujjatda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona kimyo zavodi Rustam Mo‘minov tomonidan nazorat qilinadi. Tadbirkorning o‘zi 2025-yil oktyabr oyi oxirida Yevropa Ittifoqining sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgandi.

Raw Materials Cellulose ham O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi, paxta sellyulozasi ishlab chiqaruvchi kompaniyadir. U mahsulotni Rossiyaning harbiy-sanoat korxonalariga, jumladan, “Tambov porox” zavodiga yetkazib beradi. Ushbu korxona undan porox ishlab chiqarishda foydalanadi. Shu sababli Yevropa Ittifoqi uni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritmoqda. Buyuk Britaniya va Ukraina allaqachon yuqoridagi kompaniyalarga sanksiyalar qo‘llagan. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar