Daryo

Buyuk Britaniya O‘zbekistondagi to‘rtta kompaniyaga sanksiya kiritdi

Bu kompaniyalar “Ukrainani beqarorlashtirishga yoki uning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga putur yetkazishga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan tovarlar yoki texnologiyalarni yetkazib berganlik”da ayblanmoqda.

2 daqiqa o‘qish17 541 ko‘rishlar0 izoh10

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning to‘rtta kompaniyasiga, Raw Materials Cellulose, Gelion Business Trade, Chemistry International va Farg‘ona kimyo zavodiga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Bu kompaniyalar “Ukrainani beqarorlashtirishga yoki uning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga putur yetkazishga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan tovarlar yoki texnologiyalarni yetkazib berganlik”da ayblanmoqda. Shu sababli ularga nisbatan aktivlarni muzlatish choralariga qo‘shimcha ravishda moliyaviy sanksiyalar joriy etilgan.

Britaniya o‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minovga ham sanksiyalar joriy etdi. U Isroil va Rossiya fuqaroligiga ham ega ekani ma’lum qilingan. Mo‘minov “moliyaviy xizmatlar va resurslar taqdim etish orqali Ukrainani beqarorlashtirishga hissa qo‘shgan yoki qo‘shayotgan, yoxud uning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga zarar yetkazishi yoki tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatda ishtirok etgani” ta’kidlangan.

Yevropa Ittifoqi ham oktyabr oyi oxirida o‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minovga sanksiyalar kiritgandi.

Rustam Mo‘minov O‘zbekistonning Farg‘ona kimyo zavodini nazorat qiladi. Bu zavod Perm porox zavodi va Qozon davlat porox zavodiga paxta sellyulozasini yetkazib bergan, ular esa bu xomashyodan Rossiya Qurolli kuchlari uchun qurol-yarog‘ ishlab chiqarishda foydalangan, deyilgan Yevropa Ittifoqi hujjatida.

2025-yilning may oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy allaqchon O‘zbekistondagi yuqoridagi uchta kompaniyaga ( Chemistry International’dan tashqari)sanksiya qo‘llagan edi:

1. Mercury Renaissance

Toshkentda joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasi. U 2016-yilda ro‘yxatga olingan bo‘lib, qurilish texnikasi va jihozlari ijarasi hamda lizing asosida foydalanish bilan shug‘ullanadi. Ta’sischilar Mo’minov Rustam (60 foiz) va Gluxov Mixail (40 foiz).

2. “Farg‘ona kimyo zavodi”

Farg‘ona shahridagi mas’uliyati cheklangan jamiyati 2012-yil ro‘yxatga olingan. U ham yog‘och massasi va sellyuloza ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ta’sischisi Mercury Renaissance.

3. Raw Materials Cellulose

Jizzaxda joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat. 2017-yil ro‘yxatga olingan va yog‘och massasi hamda sellyuloza ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Ta’sischi Utkina Larisa Mixaylovna. O‘sha paytda Mercury Renaissance va uning “sho‘ba korxonasi” hisoblangan “Farg‘ona kimyo zavodi” Rustam Rahimjonovich Mo‘minov (60 foiz) va Shahriyor Saxiyorovich Tojiyevga (40 foiz) tegishli edi.



Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar