Daryo

Talafot ko‘lami besh baravarga ortdi: Malayziyada kamida 1 000 ta uy yonib ketdi

Hodisaga oshxonadagi yong‘in sabab bo‘lgani aytilmoqda, biroq ma’lumot rasman tasdiqlanmadi. Dastlab yong‘in oqibatida 200 ta xonadon zararlangani xabar qilingandi.

1 daqiqa o‘qish3 896 ko‘rishlar0 izoh2

Malayziyaning Sabah shtatidagi Borneo qishlog‘ida 19-aprel kuni ulkan yong‘in sodir bo‘lgandi. Dastlab 200 ta uy yonib kul bo‘lgani xabar qilingan bo‘lsa, endilikda yong‘indan kamida 1 000 ta uy zararlangani ma’lum qilindi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hodisa oqibatida 9 000 dan ortiq kishi o‘z boshpanasidan ayrilgan. Yong‘inga asosan kuchli shamol sabab bo‘lgan. Olov suv ustidagi yog‘och ustunlarga qurilgan uylarga tezda tarqalgan. Qishloqda asosan hujjatsiz muhojirlar va mahalliy tubjoy aholi vakillari istiqomat qilgan.

Qutqaruvchilarning aytishicha, binolar bir-biriga juda yaqin qurilgani va yog‘ochdan yasalgani sabab evakuatsiya qiyin kechgan. Mahalliy rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, fojiaga oshxonadagi yong‘in sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq huquq-tartibot idoralari bu ma’lumotni hali rasman tasdiqlamadi. Hozirda barcha evakuatsiya qilinganlar vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan.

Sabah shtati qirg‘oqlari mamlakatning eng kambag‘al hududlaridan biri hisoblanadi. Kulbalar ko‘pincha qurilish chiqindilari va qoldiqlardan tiklangan. Hududda ichimlik suvi va suv quvurlari kabi asosiy infratuzilma mavjud emas. Aholi asosan jamiyatdan ajralib qolgan, kam ta’minlangan tubjoy xalqlaridan iborat.

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim federal va shtat hukumatlari uysiz qolgan odamlarga imkon qadar tezroq yordam berish uchun qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirayotganini ma’lum qildi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar