Daryo

Kasparov: “Agar Sindorov Gukeshni yutsa, Magnus Jahon toji uchun kurashga qaytishi mumkin”

“Sindorovning Nomzodlar turnirida qanday g‘alaba qozongani juda ta’sirli. Meni hayratda qoldirish qiyin, lekin uning o‘yin uslubi — vaqtni boshqarishi, yurishlarining sifati, bosimga bardosh bera olishi va raqiblariga bosimni kuchaytirishi — bu ajoyib edi” dedi 13-jahon chempioni.

3 daqiqa o‘qish132 018 ko‘rishlar0 izoh108

Shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparov YouTube’dagi Saint Louis Chess Club kanaliga bergan intervyusida Javohir Sindorovning Jahon toji uchun bo‘lajak bahsdagi imkoniyatlarini tahlil qildi.

“Sindorovning Nomzodlar turniridagi g‘alabasi shaxmat olami uchun nimani anglatishini hali bilmayman. Bu haqida biror narsa deyishga hali erta. Bu, albatta, tarixiy natija - jahon chempionligi uchun ikki juda yosh o‘yinchi kurash olib boradi. Lekin Sindorovning Nomzodlar turnirida qanday g‘alaba qozongani chindan ham juda ta’sirli.

Aytishim kerakki, meni hayratda qoldirish qiyin, lekin uning o‘yin uslubi — vaqtni boshqarishi, yurishlarining sifati, bosimga bardosh bera olishi va raqiblariga bosimni kuchaytirishi - bu ajoyib edi. Gap faqat tayyorgarlikda emas edi. Garchi bu ham muhim bo'lsa-da.

Birinchi raundda u Fabiano Karuano va Hikar Nakamurauni aynan debyutdagi ustunlik evaziga mag'lub etdi. Va bu muhim yutuq, chunki har ikkala shaxmatchi ham kompyuter tayyorgarligi ustalari sifatida tanilgan. Lekin bu Javohirning faqat bitta jihati. Ajablanarlisi shundaki, unda nafaqat debyutlar, balki boshqa jihatlar ham yuqori darajada bo‘ldi. Chunki har bir o'yinda faqatgina debyutdagi ustunlik evaziga g'alaba qozonib bo'lmaydi.

Hatto Fabiga qarshi o'yin ham: ha, debyutdan keyin u yaxshi pozitsiyaga ega edi, lekin u partiyani g'alabagacha olib bora olmadi. Hech qachon kurashsiz taslim bo'lmaydigan Fabianoni mag'lub etish juda ta'sirli bo‘ldi. Ertasi kuni Hikaruni ham mag'lub etish - bu shunchaki “vau”.

Foto: Chempionat.com

Endi, turnirni tahlil qilsak, menimcha, bu o'yin Fabianoga juda salbiy psixologik ta'sir ko'rsatdi. Aftidan, uning ichida nimadir buzilib ketgandek tuyuldi. U turnirni yaxshi boshladi, o'ziga ishongan edi, lekin birinchi davrada Sindorovga qarshi o'yindan keyin uning o'ziga bo'lgan ishonchi yo'qoldi. U imkoniyatlarni boy berdi va avvalgi holatiga qayta olmadi.

Sindorov kerak bo'lganda himoyada bir xil darajada ishonchli o'ynadi, shu bilan birga har doim qarshi hujum uchun imkoniyatlarni qidirdi. Uning o'yini juda muvozanatli. U eng keskin debyutlarni tanlamadi, balki ularni aniq raqibga moslashtirdi. Masalan, Hikaruga qarshi u Slavyan Gambiti uslubini tanladi. Uning debyutlarni tanlashi, ularning ko'p qirraliligi va raqibini noqulay vaziyatga qo'yish qobiliyati - bularning barchasi 20 yoshli o'yinchi uchun kutilganidan ancha yuqori daraja.

Gukesh bilan solishtirganda, Sindorov favoritga o'xshaydi. Ammo o'yin - bu o'ziga xos format. Gukesh ruhiy jihatdan juda barqaror, har qanday pozitsiyani himoya qila oladi va hatto eng yomon vaziyatlarda ham resurslarni topa oladi.

U o'yin tajribasiga ega, Sindorov uchun esa bu uning birinchi jiddiy o'yini bo'ladi. Ha, bu nisbatan qisqa - 14 ta o'yin (biz ilgari uzoqroq o'yinlar o'ynaganmiz), lekin ham jiddiy sinov.

Jahon chempionligi uchun bahslar juda qiziqarli bo'ladi: biz ikkala tomonning ham debyutlar bo‘yicha puxta tayyorgarligini ko'ramiz. Ular tavakkal qilishadimi yoki mittelshpilda ustunlikka erishish uchun kurashishni afzal ko'rishadimi, menga shunisi qiziq.

Chempion 19 yoshda, raqib esa 20 yoshda, lekin men barchaga hurmat saqlagan holda aytmoqchimanki, hozirda shaxmatdagi eng kuchli o'yinchi 35 yoshda. Men Sindorovning Magnus bilan to'qnash kelishini ko'rishni istardim. Agar Sindorov Gukeshni mag'lub etsa, Magnus Jahon toji uchun kurashga yana qaytishi mumkin.

Foto: Chempionat.com

Ammo shaxmat yosharayotgani haqiqat. Bu tabiiy: endi kompyuterlar yordamida ancha tezroq tajriba orttirish mumkin. Ilgari, 1970 va 1980-yillarda kitob o'qish, turnirlarga borish va asta-sekin bilim to'plash kerak edi. Endi bolalar 10 yoshga kelib ulkan bilim bazasiga ega bo'ladilar.

Shuning uchun 12 yoki 13 yoshdagi grossmeysterlar endi kam uchraydigan holat emas. Muammo keyinroq paydo bo'ladi: ular 14 yoki 16 yoshida sifatli o‘sishni amalga oshira oladimi? Ba'zilar bunga erisha olyapti, lekin bu qiyin yo'l.

Zamonaviy shaxmat juda katta energiya, tayyorgarlik va chidamlilikni talab qiladi. Bu yoshlarga ustunlik beradi, chunki ularning hayotida chalg'itadigan narsalar kamroq.

Aytgancha, yosh o'yinchilar haqida gapiradigan bo'lsak, Pragnanandhaaning juda zaif o'yinidan hayratda qoldim. Men undan ko'proq narsani kutgandim”, dedi Kasparov.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar