Daryo

94 foiz ovoz: Beninda yangi prezident saylandi

Mamlakat moliya vaziri Romuald Vadagni G‘arbiy Afrika davlati boshqaruvini qo‘lga oldi.

2 daqiqa o‘qish3 353 ko‘rishlar0 izoh1

Benin moliya vaziri Romuald Vadagni mamlakatda bo‘lib o‘tgan navbatdagi prezidentlik saylovlarida saylovchilarning mutlaq ko‘pchilik ovozini qo‘lga kiritdi va mamlakat rahbariga aylandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Saylov komissiyasi e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, byulletenlarning 90 foizi hisoblab chiqilganidan so‘ng, Vadagni 94 foizdan ortiq ovoz to‘plagani ma’lum bo‘ldi. Komissiya ushbu natijani “ortga qaytarib bo‘lmas” g‘alaba deb baholadi.

Raqibning mag‘lubiyati va saylovdagi to‘siqlar

49 yoshli Vadagni asosiy muxolifatchi — “Demokratlar” partiyasi o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaganidan so‘ng saylovning yaqqol favoriti deb ko‘rilayotgan edi. Natijada Pol Xunkpe Vadagnining yagona raqibiga aylandi. Xunkpe 13-aprel kuni, ovozlar hali sanab chiqilayotgan bir vaqtda mag‘lubiyatini tan oldi.

Amaldagi prezident Patris Talon ikki muddat lavozimda bo‘lgani sababli qayta saylanish huquqidan mahrum edi va u o‘z vorisi sifatida aynan Vadagnini tanlagan.

Xunkpe Vadagnini g‘alaba bilan tabriklab, natijalar uning g‘alabasini ko‘rsatayotganini tan oldi. Shuningdek, u demokratiya o‘zaro hurmat talab qilishini va partiyaviy bo‘linishlardan ustun turishishini aytdi.

“Demokratlar” partiyasi nomzodi qonun talab qilgan minimal imzolarni yig‘a olmadi, shu sababli kurashda faqat birgina muxolifat vakili qoldi. Benin saylov qonunchiligiga ko‘ra, nomzodlar ro‘yxatga olinishi uchun qonun chiqaruvchilarning rasmiy tasdig‘ini olishlari shart.

Mamlakat bo‘ylab saylovchilarning 58,75 foizi ovoz berishda ishtirok etdi. Kuchli muxolifat bo‘lmagani sababli ko‘pchilik bu saylovni shunchaki rasmiyatchilik sifatida qabul qildi. Yangi saylangan prezident mamlakatdagi qator jiddiy muammolar, xususan, xavfsizlikning yomonlashishi, ayniqsa, mamlakat shimolidagi surunkali qashshoqlik bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi.

Xavfsizlik masalasi o‘ta dolzarb bo‘lib qolmoqda. 2025-yilning aprel oyida “Al-Qoida” bilan aloqador JNIM guruhi 54 nafar askarni o‘ldirgan edi. Mart oyida sodir etilgan xuddi shunday hujumda yana 15 nafar harbiy halok bo‘ldi.

To‘rt oy muqaddam harbiylar davlat to‘ntarishiga uringan edi. 15 million aholiga ega Benin G‘arbiy Afrikadagi eng barqaror demokratik davlatlardan biri hisoblanadi. Vaholanki, ushbu mintaqadagi bir qancha davlatlarda so‘nggi yillarda ketma-ket harbiy to‘ntarishlar sodir bo‘ldi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar