Daryo

Kilian Mbappe: “ ‘Real’da o‘ynash — men uchun yaratganning tuhfasi”

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe “qirollik klubi”dagi faoliyati va o‘yin uslubidagi o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi.

1 daqiqa o‘qish2 441 ko‘rishlar0 izoh1

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe “qirollik klubi”dagi faoliyati va o‘yin uslubidagi o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

“‘Real’da o‘ynash — men uchun Xudoning tuhfasi. Bu o‘z ishtiyoqing bilan yashash uchun berilgan ajoyib imkoniyat: dunyoning eng buyuk klubi safida eng muhim o‘yinlarda qatnashish baxtidir. Har tong o‘zimni baxtli qiladigan ish bilan shug‘ullanishimdan cheksiz minnatdorman. Ayniqsa, ‘Santyago Bernabeu’ stadionida bo‘lish — dunyoning eng yaxshi maydonlaridan birida, futbol yetakchisi hisoblangan mamlakatda ekanligingni his qilish o‘zgacha hayajon bag‘ishlaydi”, deydi fransiyalik yulduz.

Shuningdek, Mbappe yillar davomida futbolga bo‘lgan qarashlari qanday o‘zgarganiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Faoliyating boshida hammasi oson tuyuladi: bor e’tiboring o‘zingni ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi. Ammo vaqt o‘tishi bilan tushunib yetasanki, futbol — bu shunchaki to‘p surish emas. Bu jamoaviy birdamlik, matonat va mas’uliyatdir. Endilikda faqat iste’dodning o‘zi kamlik qiladi — maydondagi har bir harakatning o‘zaro hamohangligi hal qiluvchi ahamiyatga ega”, deya qo‘shimcha qildi hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 15-aprel kuni Madridning “Real” klubi Chempionlar Ligasi 1/4 finali javob uchrashuvi doirasida “Bavariya”ni qabul qiladi. Madridda o‘tgan birinchi o‘yin nemislarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar