O‘zbekistonda uch oyda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq 2 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Agentlik qoshidagi kuzatuv kameralaridan foydalanish va nazorat qilish bo‘limi tomonidan respublikaning ko‘plab hududlarida onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Agentlik qoshidagi kuzatuv kameralaridan foydalanish va nazorat qilish bo‘limi tomonidan respublikaning ko‘plab hududlarida onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, 2026-yilning yanvar—mart oylarida respublikada belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq jami 2 107 ta qoidabuzarlik aniqlangan.
Shundan 322 ta huquqbuzarlik bo‘yicha maʼmuriy javobgarlik qo‘llanilib, jarimalar undirilgan. Qolgan 1 785 ta qoidabuzarlikka qonunchilikda belgilangan tartibda choralar belgilanmoqda.
Onlayn kuzatuv kameralariga tushib qolgan huquqbuzarlar
Belgilanmagan joyga chiqindi tashlansa qancha jarima to‘lanadi?
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-1-moddasiga ko‘ra, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish
- fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (412 ming so‘mdan 1 million 236 ming so‘mgacha),
- mansabdorlarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha (4 million 120 ming so‘mdan 8 million 240 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
4 million 120 ming so‘mgacha )mansabdorlarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha (
8 million 240 ming so‘mdan 12 million 360 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinadi.
Respublika bo‘yicha 700 ga yaqin onlayn kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan
O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida jami 700 ga yaqin onlayn kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, ular nafaqat chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va chora ko‘rish imkonini beradi. Mamlakatda 2025-yilda belgilanmagan joyga chiqindi tashlash boʻyicha 10 mingdan ortiq holat aniqlangan.








