Daryo

Toshkentda 13 yoshli qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qiz voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, davlat organlari tomonidan himoyaga olindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

1 daqiqa o‘qish12 702 ko‘rishlar0 izoh20

Toshkentning Yunusobod tumanida 13 yoshli qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solingani haqida videomurojaati tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilganda, 1985-yilda tug‘ilgan N.Sh. o‘gay farzandi — 2013-yilda tug‘ilgan N.G.ni bir necha marotaba urib, jismoniy tazyiq o‘tkazgani aniqlandi. Jabrlangan qiz bu haqda IIOga murojaat qilmagan.

Hozirda u Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, davlat organlari tomonidan himoyaga olingan.

Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan gumonlanuvchi N.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi IIV tomonidan nazoratga olingan.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, qiynash, ya’ni muttasil ravishda do‘pposlash yoki boshqa harakatlar bilan qiynash voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar