Daryo

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlandi (foto)

Musobaqaning amaldagi g‘olibi Toshkentning “Paxtakor” klubi hisoblanadi.

1 daqiqa o‘qish6 783 ko‘rishlar0 izoh1

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 8 ta guruhga bo‘lindi. 

Qur’a natijalariga ko‘ra, guruhlar quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • A guruhi: OKMK, “Metallurg”, “Aral”, “Qo‘qon-1912”;
  • B guruhi: “Dinamo”, “G‘azalkent”, “Lochin”, “Lokomotiv”;
  • C guruhi: “So‘g‘diyona”, Respublika FA, “Olimpik MobiUz”, “Mash’al”;
  • D guruhi: “Neftchi”, “Guliston”, BuxDU, “Buxoro”;
  • E guruhi: “Bunyodkor”, TerDU, QMU “Jayxun”, “Qizilqum”;
  • F guruhi: “Navbahor”, Qoraqalpog‘iston FA, FarDU, “Xorazm”;
  • G guruhi: “Paxtakor”, “Yaypan”, “Kattaqo‘rg‘on”, “Surxon”;
  • H guruhi: “Nasaf”, “Havokand”, “Sho‘rtan”, “Andijon”.
Foto: O‘zPFL

Reglamentga ko‘ra, guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi Toshkentning “Paxtakor” jamoasi hisoblanadi. “Sherlar” 2025-yilgi mavsum “Buxoro”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqqan edi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar