O‘zbekiston Superligasi 27-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Buxoro” uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi. Bellashuv “Bobur arena” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdagi hisob 57-daqiqada “Buxoro” hujumchisi Dominik Begich tomonidan ochildi. 68-daqiqada esa Abduvohid G‘ulomov “Andijon” safida javob golini kiritib, umumiy natijani tenglashtirdi. O‘yinning qolgan daqiqalari ham keskin kurashlar ostida davom etdi, biroq darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.
Ushbu natijadan so‘ng “Andijon” 29 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. “Buxoro” esa 25 ochko to‘plagan holda 13-pog‘onani egallab turibdi.
O‘zbekiston Superligasi
27-tur
“Andijon” — “Buxoro” 1:1
Gollar: 0:1 — Begich (57), 1:1 — G‘ulomov (68)








