Daryo

“Tottenhem” sardori klub bosh murabbiyiga aylanishi mumkin — BBC

“Shporlar” rahbariyati xorvatiyalik mutaxassis Igor Tudor bilan shartnomani o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qildi.

1 daqiqa o‘qish6 125 ko‘rishlar0 izoh1

Londonning “Tottenhem” klubi bosh murabbiy Igor Tudor bilan xayrlashgach, uning o‘rnini vaqtincha jamoa sardori, himoyachi Ben Devis egallashi mumkin. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

29-mart, yakshanba kuni klub rahbariyati xorvatiyalik mutaxassis Igor Tudor bilan shartnomani o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qildi. Ayni damda jarohatidan tiklanayotgan Ben Devis mavsum yakuniga qadar jamoani boshqarishi kutilayotgan asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, “shporlar” jamoa boshqaruvini Roberto De Zerbiga topshirmoqchi. Italiyalik mutaxassis klubni boshqarishga tayyor, biroq u ishga faqat mavsum yakunlangach kirishishini ma’lum qilgan. Buning uchun “Tottenhem” Angliya Premyer Ligasidagi o‘rnini saqlab qolishi lozim.

Ma’lumot uchun, Igor Tudor jamoani joriy yilning 14-fevralidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida “shporlar” 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 5 tasida mag‘lubiyatga uchradi. Hozirda jamoa 30 ochko bilan turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi va ularni xavfli zonadan bor-yo‘g‘i bir ochko ajratib turibdi. E’tiborlisi, “Tottenhem” bir yilga qolmasdan uchinchi bor bosh murabbiyni almashtirmoqda. Bungacha klub Anjelos Postekoglu va Tomas Frank bilan ham xayrlashgan edi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar