Daryo

O‘zbekistonda aprelda qanday ob-havo bo‘ladi?

Oy davomida havo harorati o‘zgaruvchan bo‘lib, iliq kunlar qisqa muddatli sovuqlar bilan almashib turishi kutilmoqda. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi.

1 daqiqa o‘qish7 275 ko‘rishlar0 izoh6

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida mamlakat hududida bahoriy beqaror ob-havo kuzatiladi. Oyning dastlabki kunlarida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, joylarda esa quruq ob-havo saqlanadi.

Asosiy prognozlarga ko‘ra, oy davomida harorat nisbatan yuqori fon ko‘rsatkichlarida kuzatiladi: kechalari 12–17 darajadan 7–12 darajagacha, kunduz kunlari esa 27–32 darajadan 15–20 darajagacha o‘zgarib turadi. Eng iliq kunlarda harorat 28–33 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Oyning birinchi o‘n kunligida respublika hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘irlar va momaqaldiroq kuzatiladi. Yog‘ingarchiliklar asosan mahalliy xususiyatga ega bo‘lib, barcha hududlarda bir xil darajada kuzatilmaydi. Ayrim hududlarda, xususan Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida 1–3 aprel kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmasligi kutilmoqda.

Aprel oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida ham ayrim kunlari yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Har bir o‘n kunlikda o‘rtacha 1–3 kun yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, aprel oyida keskin isish davrlari qisqa muddatli sovuqlar bilan almashib turishi ehtimoli bor. Ayrim kunlari tungi harorat pasayib, sovuqqacha tushishi mumkin.

Ma’lumot uchun, kuzatuvlar tarixida 2022-yil aprel oyi eng iliq bo‘lgan bo‘lsa, 2009-yil aprel oyi eng sovuq yillardan biri sifatida qayd etilgan. 2025-yil aprel oyi esa eng issiq yillar reytingida ikkinchi o‘rinni egallagan.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar