Daryo

Toshkent viloyatida mushuklarni qiynoqqa solgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Quroldan foydalanish qoidalarini buzgan 30 yoshli shaxs ham sud qarori bilan 10 sutkaga qamaldi.

1 daqiqa o‘qish4 241 ko‘rishlar2 izoh4

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida mushuk bolalariga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslarga qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilganda, voqea aslida 2025-yil dekabr oyida sodir bo‘lgani aniqlangan. Holat yuzasidan o‘sha vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hech qanday murojaat kelib tushmagan.

Sud qaroriga ko‘ra, videoda ko‘ringan 33 yoshli shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, o‘ziga biriktirilgan quroldan foydalanish qoidalarini buzgan 30 yoshli shaxs ham sud qarori bilan 10 sutkaga qamaldi.

IIBB hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat takror sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi. Shuningdek, jamiyatda sodir bo‘layotgan holatlarga befarq bo‘lmayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildirildi.

Avvalroq Surxondaryoda it bolalarining quloqlarini uzib tashlagan yigitga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani haqida xabar berilgandi. Holat huquqbuzar yashovchi mahallada ham muhokama qilingan.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar