Daryo

Shvetsiyadan 14 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

Mamlakat migratsiya qonunchiligini buzgani sababli vaqtincha saqlanish markazida bo‘lgan fuqarolar charter reys orqali vatanga qaytarildi.

1 daqiqa o‘qish926 ko‘rishlar0 izoh2

Shvetsiyada migratsiya qonunchiligini buzgan 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi Toshkentga qaytarildi. Bu haqda 26-mart kuni “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu fuqarolar Shvetsiya migratsiya qonunchiligini buzgani sababli vaqtincha saqlanish markazida joylashtirilgan. Ular ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida charter reys orqali vatanga qaytarildi.

“Yevropaga ishlash maqsadida borgan edik. Ishlash uchun hujjat qilishimiz kerak edi, lekin ba’zi sabablarga ko‘ra qilolmadik. Chunki Yevropada qonunlar o‘zgaryapti, vaziyat o‘zgaryapti. Hozir ‘nelegallar’ga qarshi tekshiruv kuchaygan. Biz ham qo‘lga tushdik. Keyin fuqarolarni vaqtinchalik ushlash, ushlab turish joyiga olib borishdi”, degan qaytarilgan fuqarolardan biri.

Agentlik xorijga chiqishni rejalashtirayotgan fuqarolarni borayotgan davlatning migratsiya qonunchiligiga, kirish qoidalariga va yashash shartlariga qat’iyan rioya qilishga chaqirdi.

11-mart kuni AQSH O‘zbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirib, 72 nafar O‘zbekiston fuqarosini qaytargandi. Qaytarilgan fuqarolar AQSHda qolish uchun qonuniy ruxsatga ega bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar