Daryo

Emomali Rahmon O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

26-27-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki davlat yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

1 daqiqa o‘qish5 611 ko‘rishlar0 izoh2

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 26-27-mart kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda boʻladi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Boʻlajak tadbirlar kun tartibidan Oʻzbekiston—Tojikiston doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari oʻrin olgan.

Siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi hamda transport sohasida oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirish, suv va energetika xavfsizligini taʼminlash hamda keng koʻlamli madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda koʻp tomonlama formatlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashadi.

Shuningdek, bir qator yangi qoʻshma loyihalarni ishga tushirish koʻzda tutilgan, koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami imzolanishi rejalashtirilgan.

Emomali Rahmon so‘nggi marta O‘zbekistonga 2025-yilning noyabrida, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun kelgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar