Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-martda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 24,39 so‘mga pastlab, 12 171,61 so‘m bo‘ldi;
- yevro 23,41 so‘mga tushib, 14 117,85 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,94 so‘mga pastlab, 149,80 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi 3,94 so‘mga ko‘tarilib, 12 196,00 so‘m bo‘lgandi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda aholi va banklar o‘rtasida 33,6 milliard dollar ekvivalentidagi chet el valyutasi oldi-sotdi qilingan. Bu 2024-yildagidan 8,1 milliard dollarga (32 foiz) ko‘p. O‘tgan yili banklar jismoniy shaxslardan 21,6 milliard dollar miqdoridagi xorijiy valyutalar xarid qilgan. Aholiga esa 12 milliard dollar sotilgan.








