Daryo

Foto: Imom Buxoriy masjid-majmuasida o‘qilgan ilk hayit namozi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiligida respublikaning turli hududlardan tashrif buyurgan ulamolar, bosh imom-xatiblar, minglab fuqarolar 10 ming sig‘imga ega bo‘lgan ushbu masjidda Ramazon hayiti namozini ado etdi.

1 daqiqa o‘qish36 425 ko‘rishlar0 izoh40

Imom Buxoriy masjid-majmuasida 2026-yil 20-mart kuni ilk hayit namozi o‘qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiligida respublikaning turli hududlardan tashrif buyurgan ulamolar, bosh imom-xatiblar, nuroniylar, minglab fuqarolar 10 ming sig‘imga ega bo‘lgan ushbu masjidda Ramazon hayiti namozini ado etdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

19-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasida yakuniga yetgan bunyodkorlik ishlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. U yerdagi barcha ishlar yakuniga yetganini hisobga olib, yangi qurilgan masjidda Hayit namozini ado etish taklif qilindi, bu aholiga munosib Ramazon sovgʻasi boʻlishi taʼkidlandi.

Imom Buxoriy masjid-majmuasida o‘qilgan hayit namozidan lavhalar

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Prezident qaroriga ko‘ra, Ramazon hayiti milliy an’ana va urf-odatlarga hamda Navro‘z umumxalq bayramiga uyg‘un holda ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishi belgilandi. Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 392 nafar mahkum afv etildi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar