Madridning “Real” klubi tarkibni kuchaytirish maqsadida “Bavariya” vingeri Maykl Olisega qiziqish bildirmoqda. Bild nashrining xabar berishicha, klub prezidenti Florentino Peres fransiyalik futbolchining mahoratini yuqori baholamoqda va u uchun 160 million yevro miqdorida mablag‘ sarflashga tayyor.
Biroq, bu kelishuv amalga oshishi oson kechmaydi. Chunki myunxenliklar Oliseni sotishni rejalashtirmayapti. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi va bitimda futbolchining tovon puli ko‘rsatilmagan.
Shuningdek, Angliyaning “Liverpul” klubi ham Olisega qiziqish bildirmoqda. “Qizillar” jamoani tark etishi kutilayotgan Muhammad Salohga munosib o‘rinbosar sifatida aynan fransiyalik vingerni tanlashgan.
Ma’lumot uchun, Maykl Olise Germaniya klubidagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Futbolchi shu vaqtga qadar klub safida jami 93 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 35 ta gol va 50 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali uning qiymatini








