Daryo

“Klubga juda qattiq bog‘langanman” — Gvardiola “Manchester Siti”dagi kelajagi haqida

Xosep Gvardiola UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida Madridning “Real” klubiga qarshi kechgan javob o‘yinidan so‘ng muhim savolga javob berdi.

1 daqiqa o‘qish4 200 ko‘rishlar0 izoh4

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida Madridning “Real” klubiga qarshi kechgan javob o‘yinidan (1:2) so‘ng o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik mutaxassis o‘yindan keyingi matbuot anjumanida “Manchester Siti”ga juda qattiq bog‘langanini ta’kidladi.

“Oradan 10 yil o‘tib iste’foga chiqqanimda ham baribir ‘biz qaytamiz’ deyman, chunki men buning bir qismiman. Xuddi ‘Barselona’ yoki ‘Bavariya’da bo‘lgani kabi. U yerda ishlaganimda ham klubning bir qismi edim. Men ‘Manchester Siti’ga juda qattiq bog‘langanman”, deydi Gvardiola.

Shuningdek, murabbiy faoliyatidagi eng qiyin raqib qaysi jamoa ekani haqidagi savolga javob berdi:

“‘Real Madrid’ men uchun eng katta chaqiriq bo‘lmagan. Mening eng katta raqibim Yurgen Klopp va ‘Liverpul’ edi. Ehtimol, siz Ispaniyadan bo‘lganingiz sababli buni sezmagandirsiz. Bu o‘yinlarda ‘Liverpul’ga qarshi to‘p surish qanday bo‘lganini tasavvur ham qila olmaysiz, bu juda katta tajriba maktabi bo‘ldi”.

“Manchester Siti” — “Real Madrid” o‘rtasidagi YCHL 1/8 final bosqich javob uchrashuvi 1:2 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “qirollik klubi” 5:1 hisobida ustunlikka erishib, chorak finalga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, Pep Gvardiola 2016-yildan buyon “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa olti bor Angliya chempioni bo‘ldi, to‘rt marta Angliya Liga Kubogida, uch marta Angliya Superkubogida, ikki marta mamlakat Kubogi hamda bir martadan Chempionlar Ligasi, klublar o‘rtasidagi Jahon CHempionati va UEFA superkubogida g‘alaba qozondi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar