Daryo

Pep Gvardiola “Real”ga qarshi bahs haqida gapirdi

“Ularga qarshi o‘ynash — doimo yoqimli”, deydi ispaniyalik mutaxassis

1 daqiqa o‘qish597 ko‘rishlar0 izoh0

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa Chempionlar Ligasi doirasidagi “Real Madrid”ga qarshi bahs haqida fikr bildirdi. Qur’a natijasiga ko‘ra, “shaharliklar” musobaqaning 6-turida Ispaniyaga safar uyushtiradi.

“‘Real Madrid’ga qarshi “Santyago Bernabeu”da eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiy bo‘lganimdan faxrlanaman. Ispaniyaga qaytish har doim yoqimli”, deydi mutaxassis.
​

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoalar “Real”ga qarshi 27 marta maydonga tushgan. Ularning 13 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 6 bahsda durang qayd etilgan. Yana 8 uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. Ushbu jamoalar o‘rtasida bo‘ladigan navbatdagi bahs 10-dekabr sanasiga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum ham “Manchester Siti” va “Real Madrid” jamoalari Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichida o‘zaro bahs olib borgan edi. Ikkala o‘yin natijasiga ko‘ra, “qirollik klubi” umumiy 6:3 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar