Daryo

Makron va Mers o‘rtasida Eron borasida ziddiyat yuzaga keldi — OAV

Aynan shu ziddiyat tufayli Yevropa Ittifoqi AQSHning Eron bilan urushi bo‘yicha yagona pozitsiyani ishlab chiqa olmayapti.

1 daqiqa o‘qish7 168 ko‘rishlar0 izoh6

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Fridrix Mers o‘rtasida Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Bu haqda Berliner Zeitung xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aynan shu ziddiyat tufayli Yevropa Ittifoqi AQSHning Eron bilan urushi bo‘yicha yagona pozitsiyani ishlab chiqa olmayapti.

“Mazkur vaziyatda Yevropa muzokara imkoniyatidan foydalanishi mumkin edi, biroq Mers va Makron bir pozitsiyada emas. Makron Hormuz bo‘g‘oziga kuzatuv missiyasini yuborishni rejalashtirmoqda. Mers esa bunga qarshi”, deyiladi xabarda.

​

Ta’kidlanishicha, Germaniya kansleri dastlab Isroilparast pozitsiyani egallagan va amalda AQSH harakatlarini tanqid qilmagan. Makron esa Eronning raketa hujumlariga javobidan norozi bo‘lgan.

13-mart kuni Iroqning Erbil shahrida dron hujumi oqibatida fransuz askari halok bo‘ldi. Bu Yaqin Sharqdagi urushning ilk fransuz qurboni hisoblanadi. Makron Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga qo‘ng‘iroq qilib, Livan va Iroqdagi vositachilar orqali bo‘lsa ham, hujumlarni darhol to‘xtatishni talab qildi. U Fransiyani nishonga olish mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi. Germaniya kansleri esa Tehronga nisbatan shunga o‘xshash pozitsiyani bildirmadi.

Germaniya va Fransiya Yevropa Ittifoqining iqtisodiy hamda harbiy jihatdan asosiy “lokomotivlari” hisoblanadi. Fransiya yadro davlatidir va BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi hisoblanadi. Germaniya 2025-yilda harbiy xarajatlarini 18 foizga oshirib, 95 milliard yevroga yetkazdi. Mamlakat Yevropadagi eng yirik harbiy xarajat qiluvchi davlatga aylangan.

AQSH prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish uchun ittifoqchilardan yordam so‘ragandi. U bu maqsadda ko‘p millatli koalitsiya tuzishni taklif qilgan. Biroq Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vaziri 16-mart kungi uchrashuvda bunga qarshi chiqdi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar