Daryo

“Barselona” Alvaresni qo‘lga kiritishning yangi usulini topdi

Klub Madridning “Atletiko” klubi hujumchisining transferi bo‘yicha rejasini o‘zgartirdi.

1 daqiqa o‘qish7 891 ko‘rishlar0 izoh10

“Barselona” Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares transferi bo‘yicha rejasini o‘zgartirdi.

AS nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar sport direktori Dekuning futbolchi agenti Fernando Idalgo bilan uchrashuvidan so‘ng klub matbuot orqali bosim o‘tkazishdan voz kechgan. Avvalroq Alvares 2026-yilgi Jahon chempionatida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida “orzusini amalga oshirish istagi” borligini aytib, klubidan uni transfer qilishni ochiqchasiga so‘ragandi. Endilikda esa tomonlar yopiq muzokaralarga o‘tmoqda.

Hujumchi “Atletiko” bilan mashg‘ulotlarni davom ettiradi va OAVga hech qanday izoh bermaydi. Alvares bosh murabbiy Diego Simeone hamda Madrid klubi rahbariyatini uni qo‘yib yuborishga shaxsiy tarzda ishontirmoqchi.

Argentinalik futbolchi klub rahbarlariga avvalroq bergan va’dasini eslatishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, “Atletiko”ga munosib taklif tushsa, transferga rozilik berilishi mumkin. Alvares esa faqat “Barselona”ga o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda.

“Matraschilar” rahbariyati hamon asosiy hujumchisini qo‘yib yuborishga qarshi. Muzokaralarni joyidan siljitish uchun kataloniyaliklar transfer budjetini sezilarli darajada oshirishga tayyor:

  • “Barselona”ning dastlabki taklifi 100 million yevrodan kam bo‘lgan;
  • Keyinchalik taklif 100 million yevrogacha oshirilgan;
  • Hozirgi yangilangan taklif esa 120 million yevroga baholanmoqda.

Endi Madrid klubi rahbariyati “Barselona”ga o‘tishni rasman so‘ragan qimmatbaho futbolchini jamoada saqlab qolish kerakmi yoki yo‘q, degan masalani hal qilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Alvares 2024-yilda “Manchester Siti”dan “Atletiko”ga o‘tgan va Madrid klubi bilan olti yillik shartnoma imzolagan. Transfer qiymati 75 million yevroni tashkil etgan, yana 20 million yevro bonuslar sifatida belgilangan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar