Daryo

O‘zbekistonda kelasi hafta havo harorati pasayadi

9—12-mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

1 daqiqa o‘qish17 954 ko‘rishlar0 izoh9

O‘zbekiston hududiga 9—12-mart kunlari sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha 9—11-martda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

10—12-mart kunlari havo harorati respublika shimolida kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha, qolgan hududlarda 11—12 martda kechalari 0-3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi.

Foto: “O‘zgidromet”

Bundan avval “O‘zgidromet” 7 va 9—10-mart kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi borligidan ogohlantirgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar