2026-yilgi Jahon chempionati davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQSHning Atlanta shahrida istiqomat qiladi. Terma jamoa musobaqa davomida mashg‘ulotlarni “Atlanta Yunayted” futbol klubiga qarashli bazada olib boradi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ma’lum qilinishicha, guruhdagi raqiblar ham o‘z bazalarini aniqlab olgan. Jumladan, Portugaliya terma jamoasi Palm Bich shaharchasida, Kolumbiya esa Kolambus shahrida joylashadi.
Qayd etilishicha, turnir davomida FIFA tomonidan jami 61 ta lokatsiya tanlab olingan. Ushbu maskanlar musobaqa ishtirokchilarining yashashi va mashg‘ulot o‘tkazishi uchun mo‘ljallangan.
Bazalarni taqsimlash jarayoni jamoalarning o‘yin o‘tkazadigan shahar va stadionlari geografiyasidan kelib chiqib amalga oshirilпфт. Guruh bosqichi uchrashuvlari vaqtida terma jamoalar boshqa shaharlarga maxsus charter reyslari orqali yo‘l olib, bahs yakunlangach yana o‘z bazasiga qaytadi.








