Daryo

Eron oliy rahnamosi Tehrondan xavfsiz joyga ko‘chirilgan — Reuters

28-fevral kuni Isroil tomonidan Tehron shahridagi Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon va Oyatulloh Xomanaiy qarorgohlariga havodan hujum qilingan.

1 daqiqa o‘qish7 635 ko‘rishlar0 izoh1

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Tehron tashqarisidagi xavfsiz joyda saqlanmoqda. Bu haqda Eron rahbariyatidagi manbaga asoslanib, Reuters agentligi xabar berdi.

“Manba boshqa tafsilotlarga oydinlik kiritmagan”, deb yozadi The Guardian nashri.

​Al-Jazeera AQSH hukumatidagi manbasiga tayanib, Isroil va AQSHning 28-fevral kuni Eronga bergan zarbalaridan ko‘zlangan maqsad mamlakat harbiy rahbariyatini yo‘q qilish bo‘lganini xabar qilgandi. Xususan, Tehron shahridagi Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon va oyatulloh Xomanaiyning qarorgohlariga havodan hujum qilingan.

“Pezeshkiyon jabrlanmagan”, deya xabar bermoqda Eronning Mehr agentligi o‘z manbasiga tayanib.

​28-fevral kuni ertalab Isroil Eronga “oldini oluvchi zarba” berishini e’lon qildi. Mamlakatda favqulodda holat rejimi va cheklovlar, jumladan, yig‘ilishlar o‘tkazish, maktablarda darslar va idoralarda ishlash (asosiy sohalardan tashqari) taqiqlandi. Isroil mudofaa kuchlari sirenalar chalingani va boshpanalar yaqinida bo‘lish zarurligi haqida ogohlantirishlar berilganini ma’lum qildi.

“​Mehr” nashri bir nechta raketa Universitet ko‘chasi va Tehronning markaziy maydoni bo‘lgan Jumhuriy tumaniga kelib tushganini yozdi. Yaqin atrofda Eron rahbarlarining qarorgohi — Sa’dobod saroyi joylashgan. Keyinroq Tasnim agentligi yangi portlashlar haqida xabar berdi.

Associated Press agentligi Amerika Qo‘shma Shtatlari amerikalik mansabdor shaxs va operatsiyadan xabardor manbaga tayanib, Isroilning Eronga qarshi hujumlarida ishtirok etayotganligi haqida xabar berdi.

Donald Tramp Truth Social’dagi sahifasiga joylashtirilgan 8 daqiqalik videomurojaatida AQSH Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlaganining tasdiqladi. Oq uy rahbari Vashington endi “bunga toqat qilolmasligini” ta’kidlab, eronliklarni hukumatini ag‘darishga chaqirdi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar