Daryo

Buyuk Britaniya Erondagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qildi

Mintaqadagi ziddiyatlar sababli Tehrondagi elchixona o‘z faoliyatini masofaviy tarzda davom ettiradi.

1 daqiqa o‘qish3 799 ko‘rishlar0 izoh0

Buyuk Britaniya xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli o‘z diplomatlarini Erondan vaqtincha chaqirib oldi hamda fuqarolariga ushbu mamlakatga sayohat qilmaslikni tavsiya etdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mintaqadagi ziddiyatlar kuchayishi fonida qilingan ushbu qadamdan so‘ng Tehrondagi elchixona o‘z faoliyatini masofaviy tarzda davom ettiradi.

Vazirlik “Eronga sayohat qilishni tavsiya etmasligi” hamda mamlakatda bo‘lib turgan Britaniya fuqarolari u yerda qolish xatarlarini “puxta o‘ylab ko‘rishlari” kerakligi haqida ogohlantirgan. Shuningdek, Britaniya fuqarolari va Buyuk Britaniya hamda Eron fuqaroligiga ega shaxslar uchun hibsga olinish yoki ushlanish xavfi yuqori ekanini qayd etgan.

“Britaniya pasportiga egalik yoki Buyuk Britaniya bilan aloqadorlik Eron hukumati tomonidan ushlanish uchun yetarli asos bo‘lishi mumkin”, deyiladi bayonotda.

​Hukumat rasmiy tavsiyalarga qaramay, mamlakatga tashrif buyurgan shaxslar uchun sayohat sug‘urtasi haqiqiy emas deb topilishi mumkinligini eslatib o‘tgan.

Avvalroq AQSH—Eron muzokaralari natijasiz yakunlangani xabar qilingandi. AQSH prezidenti Donald Tramp agar Eron hukumati Vashington bilan yadroviy bitim tuzmasa, mamlakatga harbiy zarbalar berish bilan tahdid qilmoqda. AQSH mintaqaga yirik harbiy kontingentini joylashtirgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar