Daryo

Prezident Surxondaryoda havo hujumidan mudofaa tizimlarini ko‘zdan kechirdi

Qo‘shinlarni dronlar, sun’iy intellekt va robotlashgan texnikalar bilan ta’minlash, armiya salohiyatini oshirish bo‘yicha vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

1 daqiqa o‘qish6 162 ko‘rishlar0 izoh10

Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida harbiy qismda ham bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur qismda ham harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini oshirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. O‘quv binolari, oshxona, yotoqxona, maʼnaviyat va maʼrifat xonalari, sport shaharchasi eng zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Hozirgi kunda turli mintaqaviy mojarolarda sunʼiy intellekt, robot, raketa, dron va ularga qarshi vositalar keng qo‘llanmoqda. Shundan kelib chiqib, Oliy bosh qo‘mondon tomonidan qo‘shinlarda dronlar va ularga qarshi kurashish, sunʼiy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilmalar, robotlashgan texnikalarni qo‘llash va havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yangi bo‘linmalarni tashkil etish vazifasi qo‘yilgan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, milliy armiya zamonaviy qurol-aslahalar bilan taʼminlanmoqda. Davlat rahbari harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, harbiy texnika va qurol-aslahalarni, shu jumladan, zamonaviy havo hujumidan mudofaa komplekslarini ko‘zdan kechirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Milliy armiyani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda zamonaviy qurolli mojarolar, xavfsizligimizga mavjud tahdidlar va harbiy harakatlar teatri xususiyatlarini hisobga olish zarurligi taʼkidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qurolli Kuchlarning salohiyatini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning shayligini yuksaltirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini izchil davom ettirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar