Daryo

“Bola osilib qoldi. O‘sha paytda bola tushib ketishini bildim” — Xayrullo Ibodullayev

Rossiyada 7-qavatdan tushib ketgan bolani ushlab qolgan oʻzbekistonlik erkak hodisa qanday sodir bo‘lgani haqida gapirib berdi.

1 daqiqa o‘qish16 868 ko‘rishlar0 izoh49

Rossiyada 7-qavatdan tushib ketgan bolani tutib qolgan Xayrullo Ibodullayev hodisa qanday sodir bo‘lganini gapirib berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, ishga chiqqan vaqtida ikki ayol yuqori qavatlardan turib pastga qarab baqirayotgan boʻlgan. Shundan soʻng u deraza oldida oʻynab oʻtirgan bolani koʻrgan.

Keyin men bordim-da: “Kirgin ichkariga! Tushib ketasan!”, deb baqirdim, bola-da gapni olmadi, kirmadi. Ozgina oʻzimning ishim bilan shugʻullandim, lekin xayolim oʻsha bolada edi, degan erkak.

Oʻynab turgan bola toʻsatdan osilib qolgan, buni koʻrgan Xayrullo Ibodullayev uning ostiga borib turgan va uni tutib qolishga uringan.

Bola zarba bilan kelib tushdi. Unda nafas yetishmasligi boʻldi. Men ozgina yordam qildim, massaj qildim, degan Ibodullayev bolani qanday ushlab qolgani haqida.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, bola reanimatsiyada, ahvoli barqaror. Uning bir necha joyi singan, jumladan, oyogʻi va ichki aʼzolari jarohatlangan. Oʻzbekistonlik erkakning ham qoʻl panjalari va qovurgʻasi singan.

U koʻrsatgan qahramonligi uchun toʻrtinchi “Tigran Keosayan” mukofoti bilan taqdirlangan. Ibodullayevga ragʻbatlantirish maqsadida bir million rubl (qariyb 159 million soʻm) pul ham taqdim etiladi.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyevning 23-fevral kungi farmoni bilan Xayrullo Ibodullayev “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar