Germaniya Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolarini Eron hududini darhol tark etishga chaqirdi. Tegishli ogohlantirish vazirlikning rasmiy veb saytida e’lon qilindi.
Vazirlik bayonotida Germaniyaning Tehrondagi elchixonasi hozirda Germaniya fuqarolariga juda cheklangan konsullik yordamini koʻrsatishi mumkinligi, shuning uchun ular oʻz xavfsizligini taʼminlash uchun Eron Islom Respublikasini tark etishi kerakligi taʼkidlangan.
“Eronga safar qilish tavsiya etilmaydi. Germaniya fuqarolariga Eronni tark etish qat’iy tavsiya qilinadi. Shuni inobatga olingki, xorijdagi mas’ul diplomatik vakolatxona faqat cheklangan konsullik yordamini ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, agar siz mamlakatga kirishda Eron pasportidan foydalangan bo‘lsangiz, bu holat dolzarbdir”, deyiladi bayonotda.
Mazkur ogohlantirish AQSH prezidenti Donald Tramp Tehronni yadroviy dastur bo‘yicha yangi kelishuvga majburlash maqsadida Eronning harbiy va hukumat obyektlariga “cheklangan” zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi bayonotidan so‘ng e’lon qilindi.
Vashingtondagi manbalarga ko‘ra, agar bunday zarbadan keyin ham Eron rasmiylari AQSH talablariga rioya qilmasa va uranni boyitishni to‘xtatmasa, keng ko‘lamli harbiy kampaniya boshlanishi ehtimoli bor.








